Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Dinlararo faoliyatlarda qatnashish

Dinlararo faoliyatlarda qatnashish

Barcha din a’zolari yagona Xudoga topinadimi?

Ko‘pgina dinlar bir-biriga zid ta’limotlarni o‘rgatishsa ham Yahova ularni ma’qullaydimi?

Mt 7:13, 14; Yuh 17:3; Ef 4:4–6

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Yosh 24:15. Yoshua Yahovaga yoki soxta xudolarga xizmat qilishni tanlashimiz kerakligini aniq qilib aytgan

    • 3Shh 18:19–40. Yahova Ilyos payg‘ambar orqali Uning topinuvchilari Baal kabi soxta xudolarga sajda qilmasliklari kerakligini ko‘rsatgan

Yahova soxta xudolar va ularga sajda qilish borasida qanday fikrda?

Odamlar Yahovaga topinishini aytib turib yomon ishlar bilan shug‘ullanishsa, U nimalarni his qiladi?

Isha 1:13–15; 1Kr 10:20–22; 2Kr 6:14, 15, 17

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Chq 32:1–10. Isroil xalqining bosimi ostida Horun buzoq yasagan va undan «Yahovaga atalgan bayram»ni nishonlash uchun foydalangan; bu esa Xudoning g‘azabini keltirgan

    • 3Shh 12:26–30. Shoh Yorubom xalqi Quddusdagi ma’badga borishini istamagan; shu bois, u butlar yasattirib, ular Yahovaning ramzi ekanini aytgan va bu xalqni gunohga yetaklagan

Yahova Isroil xalqiga boshqa xudolarga sajda qiladiganlarga aralashish borasida nima degan?

Xalqi soxta topinish bilan bog‘liq urf-odatlarda qatnashganida, Yahova bunga qanday munosabat bildirgan?

Hak 10:6, 7; Zb 106:35–40; Yerm 44:2, 3

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • 3Shh 11:1–9. Shoh Sulaymon o‘zga xalqdan bo‘lgan xotinlarining bosimi dastidan butlarga sajda qilishni olg‘a surib Yahovani ranjitgan

    • Zb 78:40, 41, 55–62. Asaf Isroilliklarning isyoni va butparastligi Yahovaning qalbiga ozor berib, U xalqini rad etishiga sabab bo‘lganini aytgan

Iso Xudoning Kalomiga zid bo‘lgan diniy ta’limotlarni qo‘llab-quvvatlaganmi?

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Mt 16:6, 12. Iso farziylar-u sadduqiylarning ta’limotlarini xamirturush bilan solishtirgan, chunki noto‘g‘ri ta’limotlar tezda tarqab, Xudoning Kalomidagi pok haqiqatlarni bulg‘agan

    • Mt 23:5–7, 23–33. Iso ulamo-yu farziylarning ikkiyuzlamachiligini va noto‘g‘ri ta’limotlarini qoralagan

    • Mrk 7:5–9. Iso ulamo-yu farziylar insoniy urf-odatlarni Xudoning Kalomidagi ta’limotlardan ustun qo‘yganini qoralagan

Iso izdoshlari turli diniy guruhlarga bo‘linishini istaganmi?

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Yuh 15:4, 5. Iso izdoshlari u bilan hamda o‘zaro birlikda bo‘lishlari kerakligini tushuntirish uchun tokning misolini keltirgan

    • Yuh 17:1, 6, 11, 20–23. Iso o‘limidan oldin havoriylari bilan o‘tkazgan oxirgi kechada uning barcha chinakam izdoshlari orasida birlik bo‘lishi uchun ibodat qilgan

Birinchi asrdagi masihiylar jamoati bir xil e’tiqodga ega bo‘lib, Yahovaga bir xil tarzda topinganmi?

Hv 16:4, 5; Rm 12:4, 5

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Hv 11:20–23, 25, 26. Antioxiya va Quddusdagi jamoatlar mustahkam birlik va hamkorlikni namoyon etgan

    • Rm 15:25, 26; 2Kr 8:1–7. Birinchi asrdagi turli jamoatlar muhtoj bo‘lganlarga saxiylik ila hadyalar berib, sevgi jamoatlarni birlashtirishini ko‘rsatishgan

Agar odam Masihga ishonishini aytsa, bu Xudo uning e’tiqodini ma’qullashi uchun yetarlimi?

Agar odamlar Masihning hamda havoriylarning ta’limotlaridan og‘ishsa, ularning topinishi qabul qilinadimi?

Hv 20:29, 30; 1Tm 4:1–3

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Mt 13:24–30, 36–43. Iso masal keltirib, yovvoyi o‘tlar dalada o‘sib ketganiday ko‘plab soxta masihiylar paydo bo‘lib, jamoatni bulg‘ashini ko‘rsatgan

    • 1Yuh 2:18, 19. Keksa havoriy Yuhanno birinchi asrning oxirida ko‘plab dajjollar paydo bo‘lganini aytgan

Jamoatda soxta ta’limot yoki masihiylarga xos bo‘lmagan xulq-atvorga ko‘z yumilsa nima bo‘lishi mumkin?

Birlikda qolish uchun masihiylar nima qilishlari lozim?

Nima uchun masihiylar soxta topinishga aralashmasliklari kerak?

Nima uchun soxta ta’limotlarni fosh qilish to‘g‘ri va yaxshi?

Pok topinishga qarshi bo‘lganlar bizga hujum qilishsa yoki bizni ta’qib qilishsa, nega hayron qolmasligimiz kerak?