Faxriy unvonlar
Masihiylar faxriy diniy unvonlardan foydalanishlari kerakmi?
-
Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):
-
Lq 18:18, 19. Garchi Iso yaxshi inson bo‘lsa-da, barcha yaxshi narsalar Yahovadan ekanini aytib, «Valine’mat Ustoz» degan unvonni qabul qilishdan bosh tortgan
-
Nega masihiylar odamlarga Ota yoki Yo‘lboshchi kabi diniy unvonlarni qo‘llab murojaat qilishmaydi?
-
Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):
-
Mt 23:9–12. Iso «Ota» yoki «Yo‘lboshchi» kabi unvonlar bilan atalishni taqiqlagan
-
1Kr 4:14–17. Havoriy Pavlus ko‘plar uchun ota kabi bo‘lgan bo‘lsa-da, hech qayerda u Ota Pavlus yoki shunga o‘xshash unvonlar bilan atalganini o‘qimaymiz
-
Nega masihiylar o‘zaro aka-uka va opa-singillarday munosabatda bo‘lishlari o‘rinli?
Shuningdek, Hv 12:17; 18:18; Rm 16:1 ga qarang
-
Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):
-
Mt 12:46–50. Iso imondoshlari uning ma’naviy aka-ukalari-yu opa-singillari ekanini aniq ko‘rsatgan
-
Nima uchun masihiylar dunyoviy va siyosiy rahbarlarga, shuningdek, sudya va boshqa davlat xodimlariga ularning unvoni bilan murojaat qilishlari o‘rinli bo‘ladi?
-
Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):
-
Hv 26:1, 2, 25. Havoriy Butrus Agrippa va Fest kabi dunyoviy rahbarlarga ularning unvonlari bilan murojaat qilgan
-