Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Gunoh

Gunoh

Gunoh nima va nega u barchamizga ta’sir qiladi?

Qanday qilib Muqaddas Kitob bizni gunoh qilish moyilligiga qarshi kurasha olishimizga ishontiryapti?

Rm 6:12–14

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • 2Shh 11:2–5, 14, 15, 26, 27; 12:1–13. Shoh Dovud jiddiy gunohlar qilgan va qattiq tanbeh olgan. U yo‘llarini to‘g‘rilash uchun jon kuydirgan

    • Rm 7:15–24. Xudojo‘ylik va imon borasida a’lo o‘rnak ko‘rsatgan havoriy Pavlus gunoh qilish moyilligi bilan kurashgani haqida yozgan

Qanday qilib ko‘plar bilimsizlik va yolg‘on tufayli gunoh qilishyapti?

Nega bila turib gunoh qilishda davom etish ayniqsa jiddiy?

Xudoning xizmatchilari gunoh qilishi uchun Shayton qay yo‘sin ularni vasvasaga solishi mumkin?

Hk 1:10, 11, 15; Mt 5:28; Yoq 1:14, 15

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Ibt 3:1–6. Shayton ilon orqali Momohavoga gapirib, uni xudbin istaklariga berilish va Yahovaga bo‘lgan ishonchini susaytirish orqali vasvasaga solgan

    • Hk 7:6–10, 21–23. Shoh Sulaymon qay yo‘sin aqlsiz bir yigit axloqsiz ayolning vasvasasiga berilganini aytib bergan

Qay yo‘sin Shaytonning vasvasalarini rad eta olamiz?

Ef 4:27; 6:10–18; Yoq 4:7, 8

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Hk 5:1–14. Shoh Sulaymon ilohiy ilhom ostida otadek nasihat berib, qanday qilib axloqsizlik qilish vasvasasidan qochishni aytgan

    • Mt 4:1–11. Iso Shaytonning ayyorlik bilan qilgan vasvasalariga qarshi turishda Xudoning Kalomiga tayanish borasida mukammal o‘rnak ko‘rsatgan

Masihiylar qanday jiddiy gunohlardan qochishlari kerak?

Shuningdek, «Yomon odatlar» mavzusiga qarang

Gunohlarni tan olish

Nega gunohlarni yashirishga harakat qilmasligimiz kerak?

Kimning oldida barcha gunohlarimizga iqror bo‘lishimiz kerak?

Kim Yahovaning oldida «yordamchimiz» sifatida bizning o‘rtamizda turadi?

Gunohkor tavba qilganini harakatlari orqali ko‘rsata oladimi?

Hv 26:20; Yoq 4:8–10

Shuningdek, «Tavba qilish» mavzusiga qarang

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Chq 22:1–12. Musoning qonuniga ko‘ra, o‘g‘ri jabr ko‘rgan kishiga yetkazgan ziyonni qoplashi kerak edi

    • Lq 19:8, 9. Soliqchilar boshlig‘i Zakkay tavba qilganini hayot tarzini o‘zgartirish va u pul undirgan kishilarning pulini qaytarish orqali ko‘rsatgan

Nega Yahovaning kechirimiga ishonishimiz mumkin?

Shuningdek, «Kechirish» mavzusiga qarang

Kimdir jiddiy gunohga qo‘l ursa, jamoatdagilarni himoya qilish va yordam berish uchun Yahova qanday tartib o‘rnatgan?

Yoq 5:14, 15

Shuningdek, Hv 20:28; Gl 6:1 ga qarang

Qay yo‘sin jiddiy gunoh oilamizga va jamoatdagilarga ta’sir qilishi mumkin?

Ibr 12:15, 16

Shuningdek, Qn 29:18 ga qarang

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Yosh 7:1–13, 20–26. Oxun jiddiy gunohga qo‘l urganini yashirgan va butun Isroilga falokat keltirilgan

    • Yun 1:1–16. Yunus payg‘ambar Yahovaga qarshi chiqqani dastidan u bilan birga bo‘lgan kemadagilarning hayoti xavf ostida qolgan

    • 1Kr 5:1–7. Havoriy Pavlus Korinfdagi jamoatda sodir etilayotgan jiddiy gunoh butun jamoatga zarar yetkazayotganini tushuntirgan

Nega tanbehdan qo‘rqish bizni oqsoqollardan yordam izlashdan to‘xtatmasligi kerak?

O‘tmishda qilgan xatolarimiz dastidan qayg‘u chekishdan ko‘ra nega Xudo bizni kechirganini qabul qilishimiz kerak?

Shuningdek, «Kechirish» mavzusiga qarang

Agar jiddiy gunohdan xabardor bo‘lsak, nega gunoh qilgan kishi jamoat oqsoqollariga murojaat qilganiga ishonch hosil qilishimiz kerak?

Lv 5:1

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Qn 13:6–9; 21:18–20. Musoning qonuniga ko‘ra, isroillik kishidan jiddiy gunoh qilgan odam uning hatto oila a’zosi yoki sevimli insoni bo‘lsa ham, bu haqda aytishi talab qilingan