Hafsala pir bo‘lganda; umidlar puchga chiqqanda
Boshqalar bizga pand berganda, ozor yetkazganda yoki xiyonat qilganda ruhimiz tushadi
Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):
1Shh 8:1–6. Isroil xalqi Shomuil payg‘ambardan shoh tayinlashni so‘raganida, u bundan ranjigan va hafsalasi pir bo‘lgan
1Shh 20:30–34. Yo‘natanning otasi shoh Shoul undan g‘azablangan edi. Bu Yo‘natanga qattiq botgan va u o‘zini kamsitilgandek his qilgan
Tasalli beradigan oyatlar:
Muqaddas Kitobdagi tasalli beradigan bayonot(lar):
Zb 55:12–14, 16–18, 22. Shoh Dovudga yaqin do‘stlaridan biri Oxito‘fel xiyonat qilgan. Ammo u tashvishini Yahovaga tashlagan va tasalli topgan
2Tm 4:16–18. Pavlus sinovga duch kelganida hamma uni tark etdi. Lekin Pavlus Yahova va U taqdim etayotgan umid tufayli kuchga to‘lgan
O‘z kamchiliklarimiz va gunohimiz dastidan hafsalamiz pir bo‘ladi
Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):
Zb 51:1–5. Shoh Dovud Yahovaga qarshi gunoh qilgani tufayli chuqur g‘amga botgan
Rm 7:19–24. Havoriy Pavlus nomukammal tanasi bilan doim kurashgani dastidan ruhi tushgan
Tasalli beradigan oyatlar:
Muqaddas Kitobdagi tasalli beradigan bayonot(lar):
3Shh 9:2–5. Garchi shoh Dovud bir nechta juda jiddiy gunoh qilgan bo‘lsa-da, Yahova uni benuqson inson deb bilgan
1Tm 1:12–16. O‘tmishda og‘ir gunoh qilganiga qaramay, havoriy Pavlus unga rahm-shafqat ko‘rsatilishiga amin bo‘lgan