Ibodat
Yahova ibodatlarni eshitishini va ularga javob berishini qayerdan bilamiz?
Shuningdek, Zb 66:19; Hv 10:31; Ibr 5:7 ga ham qarang
-
Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):
-
3Shh 18:36–38. Ilyos payg‘ambar Karmil tog‘ida Baalning payg‘ambarlariga qarshi chiqqanida, Yahova uning ibodatiga shu zahoti javob bergan
-
Mt 7:7–11. Iso tinmay ibodat qilishga undagan va Yahova sevuvchi Ota kabi bizni eshitishiga ishontirgan
-
Masihiylar faqat kimga ibodat qilishlari kerak?
Kimning nomidan ibodat qilamiz?
Yahova qanday odamlarning ibodatlarini eshitadi?
Yahova qanday odamlarning ibodatlarini eshitmaydi?
Hk 15:29; 28:9; Isha 1:15; Mx 3:4; Yoq 4:3; 1Btr 3:7
-
Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):
-
Yosh 24:9, 10. Yahova Balomning ibodatini eshitishni istamagan, chunki u so‘ragan narsa Xudoning irodasiga to‘g‘ri kelmagan
-
Isha 1:15–17. Xalqi ikkiyuzlamachi va qon to‘kishda aybdor bo‘lgani tufayli Yahova ularning ibodatlarini eshitmagan
-
Ibodatlarimizning oxirida odatda nima deb aytamiz va nega?
Muqaddas Kitobga ko‘ra, ibodat qilayotganimizda qandaydir xatti-harakatlar qilishimiz kerakmi?
3Shh 8:54; Mrk 11:25; Lq 22:39, 41; Yuh 11:41
Shuningdek, Yun 2:1 ga qarang
Yahovaning xizmatchilari topinish uchun birga yig‘ilishganida qaysi ayrim narsalar haqida ibodat qilishlari mumkin?
-
Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):
-
1Sl 29:10–19. Isroil xalqi ma’badning qurilishi uchun ixtiyoriy xayr-ehsonlar keltirganida, shoh Dovud butun jamoatning oldida ibodat qilgan
-
Hv 1:12–14. Havoriylar, Isoning ukalari va onasi Maryam hamda ayrim sadoqatli ayollar Quddusdagi uyning boloxonasida birgalikda ibodat qilishgan
-
Nega ibodat qilayotgan kishi o‘zini mag‘rur tutmasligi yoki boshqalarda taassurot qoldirishga urinmasligi kerak?
Ovqatdan oldin ibodat qilish o‘rinlimi?
Nima uchun samoviy Otamizga ibodat qilishga yengil-yelpi qaramasligimiz kerak?
Rm 12:12; Ef 6:18; 1Sal 5:17; 1Btr 4:7
-
Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):
-
Dn 6:6–10. Hatto o‘lim xavfi bo‘lsa ham, Doniyor payg‘ambar Yahovaga ochiqchasiga ibodat qilish odatini kanda qilmagan
-
Lq 18:1–8. Adolatli Otamiz Undan yordam so‘rab tinmay ibodat qilganimizda, tayyorlik ila yordam berishini ko‘rsatish uchun Iso masal keltirgan. Unga ko‘ra, adolatsiz hakam undan adolat o‘rnatishni yolvorib so‘ragan ayolning iltimosiga quloq solgan
-
Yahova kechirim so‘rab qilgan ibodatlarimizni eshitishini istasak, qanday nuqtai nazarga ega bo‘lishimiz kerak?
-
Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):
-
4Shh 22:11–13, 18–20. Shoh Yo‘shiyo o‘zini kamtar tutib, Yahovaning marhamatini izlagani uchun unga rahm-shafqat va mehribonlik ko‘rsatilgan
-
2Sl 33:10–13. Shoh Manashe kamtarlik ila ibodat qilgan, bu tufayli Yahova uni kechirgan va shoh sifatida tiklagan
-
Yahova bizni kechirishini istasak, nima qilishimiz kerak?
Nima uchun Xudoning irodasi bajo bo‘lishini istayotganimizni ibodatlarimizda aytishimiz kerak?
Nega ibodatlarimizda samoviy Otamizga bo‘lgan ishonchimiz aks etishi lozim?
Qaysi ayrim mavzular haqida ibodat qilish o‘rinli?
Xudoning ismi muqaddas bo‘lishi
Butun yer yuzi ustidan boshqarish uchun Xudoning Shohligi kelishi
Yahovaning irodasi bajo bo‘lishi
Jismoniy ehtiyojlarimiz haqida so‘rash
Gunohlarimiz kechirilishini so‘rash
Vasvasaga berilmaslikni so‘rash
Minnatdorchilik bildirish
Xudoning irodasini tushunishni, zakovatni va donolikni so‘rash
Shuningdek, Zb 119:34 ga qarang
-
Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):
-
3Shh 3:11, 12. Shoh Sulaymon donolik so‘ragan, Yahova bundan mamnun bo‘lgan va uni juda dono qilgan
-
Muqaddas ruh so‘rash
Imondoshlarimiz, jumladan, ta’qiblarga duch kelayotganlar uchun ibodat qilish
Madh etish
Hokimiyatga ega bo‘lganlar Yahovaga tinchlikda topinishimizga hamda va’z qilishimizga yo‘l qo‘yishlari uchun ibodat qilish
Shuningdek, Yerm 29:7 ga qarang
Suvga cho‘mganimizda ibodat qilish o‘rinlimi?
Ma’nan kasallar uchun ibodat qilish o‘rinlimi?
Nima uchun odatda erkaklar boshi ochiq, ayollar esa ba’zida boshi yopiq holda ibodat qilishadi?
Ibodat qilganimizda, uning uzunligi yoki qanchalik ta’sirli ekanidan ko‘ra nima muhimroq?
-
Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):
-
3Shh 18:25–29, 36–39. Ilyos payg‘ambar qo‘ygan shartga javoban Baalning payg‘ambarlari soatlab unga ibodat qilishgan, ammo na sado, na javob bo‘lgan
-
Hv 19:32–41. Efesdagi butparastlar Artemida ma’budasini ikki soatcha madh etishgan, oxiri shahar kotibi kelib ularni koyib bergan
-