Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Maslahat

Maslahat

Kimdir bizga maslahat berganida

Nega Muqaddas Kitobga asoslangan maslahatni izlashimiz kerak?

Nima uchun maslahatga quloq solish o‘zimizni oqlashdan ko‘ra yaxshiroq?

Hk 12:15; 29:1

Shuningdek, Hk 1:23–31; 15:31 ga qarang

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • 1Shh 15:3, 9–23. Shomuil payg‘ambar shoh Shoulni to‘g‘rilaganida, u o‘zini oqlab maslahatni rad etdi; shu bois, Yahova ham uni rad etgan

    • 2Sl 25:14–16, 27. Shoh Emoziyo gunohga qo‘l urgan va Yahovaning payg‘ambari bergan maslahatga quloq solmagan; oqibatda Yahovaning marhamati va himoyasidan mahrum bo‘lgan

Nima uchun nozirlar, masalan, oqsoqollar maslahat berishganida ularga hurmat ko‘rsatishimiz lozim?

1Sal 5:12; 1Tm 5:17; Ibr 13:7, 17

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • 3Yuh 9, 10. Keksa havoriy Yuhanno jamoat oqsoqollariga hurmatsizlik qilgan Diotrefga tanbeh bergan

Nega yoshi kattalarga quloq solishimiz kerak?

Lv 19:32; Hk 16:31

Shuningdek, Ayub 12:12; 32:7; Tit 2:3–5 ga qarang

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • 1Shh 23:16–18. Shoh Dovud o‘zidan taxminan 30 yoshga katta bo‘lgan Yo‘natanning maslahatiga quloq solgan va natijada mustahkamlangan

    • 3Shh 12:1–17. Shoh Raxabom yoshi katta kishilarning dono maslahatiga quloq solishning o‘rniga yoshlarning yomon maslahatiga quloq solgan va bu ayanchli oqibatlarga olib kelgan

Sadoqatli ayollar va Yahovaning yosh xizmatchilari o‘rinli maslahat bera olishi nimadan ko‘rinyapti?

Ayub 32:6, 9, 10; Hk 31:1, 10, 26; Vz 4:13

Shuningdek, Zb 119:100 ga qarang

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • 1Shh 25:14–35. Obigayl shoh Dovudga maslahat bergan va bu ko‘plarning hayotini saqlab qolgan; shunday qilib Obigayl Dovudni qon to‘kishda aybdor bo‘lishdan asragan

    • 2Shh 20:15–22. Ovil shahridagi dono ayolning maslahati butun shaharning hayotini saqlab qolgan

    • 4Shh 5:1–14. Isroillik kichkina qizchaning taklifi tufayli qudratli jangchi moxov kasalligidan sog‘ayishi mumkinligini bilgan

Nima uchun Yahova yoki Uning Kalomini hurmat qilmaydiganlarning maslahatini eshitishdan ehtiyot bo‘lishimiz lozim?

Zb 1:1; Hk 4:14

Shuningdek, Lq 6:39 ga qarang

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • 1Sl 10:13, 14. Shoh Shoul Yahovaga murojaat qilishning o‘rniga arvoh chaqiruvchi bilan maslahatlashgan va itoatsizligi uchun o‘lgan

    • 2Sl 22:2–5, 9. Shoh Oxaziyo yaxshi maslahatchilarni tanlamagan va bu uning o‘limiga olib kelgan

    • Ayub 21:7, 14–16. Ayub Yahovani hurmat qilmaydiganlarning fikrlash tarzini rad etgan

Maslahat berish

Nima uchun maslahat berishdan avval barcha tafsilotlarga ega bo‘lish va ikkala tarafni eshitish muhim?

Hk 18:13, 17

Shuningdek, Hk 25:8 ga qarang

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • 1Shh 1:9–16. Oliy ruhoniy Elax barcha tafsilotlarga ega bo‘lmay turib sadoqatli ayol Xannani mast deb o‘ylagan va unga og‘ir botadigan tarzda maslahat bergan

    • Mt 16:21–23. Havoriy Butrus barcha tafsilotlarni bilmagani uchun Isoga Tangri Yahovaga emas, balki Shaytonga qo‘l keladigan maslahatni bergan

Nima uchun maslahat berishdan oldin Yahovadan yo‘l-yo‘riq so‘rab ibodat qilish kerak?

Zb 32:8; 73:23, 24; Hk 3:5, 6

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Chq 3:13–18. Muso payg‘ambar Isroil xalqining muammolarini qanday hal qilishni tushunish uchun Yahovadan yordam so‘ragan

    • 3Shh 3:5–12. Yosh shoh Sulaymon o‘ziga ishonmagan, aksincha, Yahovadan donolik izlagan va Uning barakalariga ega bo‘lgan

Nima uchun berayotgan maslahatimiz Xudoning Kalomiga asoslanganiga har doim amin bo‘lishimiz lozim?

Zb 119:24, 105; Hk 19:21; 2Tm 3:16, 17

Shuningdek, Qn 17:18–20 ga qarang

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Mt 4:1–11. Iso Shaytonning vasvasalariga javob qaytarganida o‘z donoligiga emas, Xudoning Kalomiga asoslangan

    • Yuh 12:49, 50. Iso u o‘rgatgan barcha narsalarni Otasidan o‘rganganini aytgan; bu biz uchun yaxshi namunadir

Nega maslahat berganimizda muloyim bo‘lishimiz va hatto imkon bo‘lsa, maslahat berish bilan birga kishini maqtab qo‘yishimiz kerak?

Gl 6:1; Kls 3:12

Shuningdek, Isha 9:6; 42:1–3; Mt 11:28, 29 ga qarang

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

Bordi-yu, masihiy bizga imondoshi u bilan noto‘g‘ri yo‘l tutgani, masalan, uni aldagani yoki unga tuhmat qilgani haqida aytib bersa, nima uchun uni o‘sha imondoshi bilan shaxsan gaplashib olishga undash eng yaxshi yo‘l?

Mt 18:15–17; Lq 17:3

Shuningdek, Lv 19:17 ga qarang

Qay yo‘sin yomon munosabatga duch kelgan masihiyni rahm-shafqatli, sabrli va kechirimli bo‘lishga unday olamiz?

Mt 18:21, 22; Mrk 11:25; Lq 6:36; Ef 4:32; Kls 3:13

Shuningdek, Mt 6:14; 1Kr 6:1–8; 1Btr 3:8, 9 ga qarang

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Mt 18:23–35. Kechirimli bo‘lish nima uchun muhim ekanini ko‘rsatish niyatida Iso kuchli ta’sirga ega masal keltirgan

Nega maslahat berayotganimizda Yahovaning me’yorlarini qo‘llab-quvvatlash qarorimiz qat’iy bo‘lishi kerak?

Zb 141:5; Hk 17:10; 2Kr 7:8–11

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • 1Shh 15:23–29. Shomuil payg‘ambar shoh Shouldan qo‘rqmagan

    • 3Shh 22:19–28. Mixiyo payg‘ambar shoh Axabning tahdidlari-yu shafqatsiz munosabatiga qaramay, unga ogohlantiruvchi xabarni aytgan

Qanday qilib boshqalarga ma’naviy zarar yetkazmay maslahat bera olamiz?

Ibr 12:11–13

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Lq 22:31–34. Iso havoriy Butrus jiddiy xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa-da, boshqalarni mustahkamlay olishiga ishonishini aytgan

    • Flm 21. Havoriy Pavlus Filimo‘n ilohiy maslahatga muvofiq yo‘l tutishiga ishonishini yozgan

Qay yo‘sin halovatini yo‘qotgan va ruhi tushganlarga mehr ila maslahat bera olamiz?

Maqsadimiz xato qilayotgan kishiga yordam berish va tiklanishiga ko‘maklashish ekanini qanday ko‘rsata olamiz?

Qanday qilib biz maslahat berayotgan odamning yoshi yoki jinsiga qaramay, unga hurmat ko‘rsata olamiz?

Agar kimdir Kalomga asoslangan maslahatga qayta-qayta quloq solmasa, nima uchun oqsoqollar uni qat’iylik bilan tuzatishlari lozim?