Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Nikoh

Nikoh

Nikohga qanday asos solingan?

Masihiy turmush o‘rtoq sifatida kimni tanlashi kerak?

Nima uchun masihiy ota yoki ona suvga cho‘mgan farzandi o‘zini Yahovaga bag‘ishlab suvga cho‘mmagan kishi bilan oila qurishini ma’qullamaydi?

1Kr 7:39; 2Kr 6:14, 15

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Ibt 24:1–4, 7. Keksayib qolgan Ibrohim o‘g‘li Is’hoq uchun o‘zga xalqlarga sajda qilgan kan’onliklar orasidan emas, balki Yahovaga xizmat qilganlar orasidan xotin topishga qat’iy qaror qilgan

    • Ibt 28:1–4. Is’hoq o‘g‘li Yoqubga kan’onliklar orasidan emas, Yahovaning xizmatchilari orasidan xotin olishni aytgan

Imondosh bo‘lmaganlar bilan oila qurganlarga Yahova qanday qaraydi?

Qn 7:3, 4

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • 3Shh 11:1–6, 9–11. Shoh Sulaymon Yahovaning ogohlantiruvlariga quloq solmay, o‘zga xalqlardan bo‘lgan ayollarni xotinlikka olgan; oqibatda ular Sulaymonning yuragini boshqa xudolarga og‘dirishgan. Bundan Yahova Sulaymondan qattiq g‘azablangan

    • Nax 13:23–27. Hokim Naximiyo Yahovaning g‘azabi adolatli ekani ustida mulohaza yuritgach, turli xalqlardan xotin olgan isyonkor xalqqa tanbeh berib, ularni tuzatgan

Nima uchun Yahovaga sadoqat ila xizmat qiladigan va yaxshi nomga ega turmush o‘rtoqni tanlash oqilona bo‘ladi?

Hk 18:22; 31:10, 28

Shuningdek, Ef 5:28–31, 33 ga qarang

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • 1Shh 25:2, 3, 14–17. Navol boy bo‘lgan bo‘lsa-da, zo‘ravon edi va haqoratli so‘zlarni aytardi; u Obigayl uchun beshafqat va yomon er bo‘lgan

    • Hk 21:9. Munosib bo‘lmagan turmush o‘rtoqni tanlash bizni baxtsiz qilib, quvonchimizni o‘g‘irlaydi

    • Rm 7:2. Havoriy Pavlus turmush qurgan ayol nomukammal erining boshchiligiga qaysidir darajada bo‘ysunishi kerak deb aytgan; shu bois, dono ayol kimni turmush o‘rtoq sifatida tanlayotganiga diqqatli bo‘ladi

Nikohga tayyorgarlik

Nega erkak kishi uylanish haqida o‘ylashdan avval oilasini ta’minlay olishga tayyor bo‘lishi kerak?

1Tm 5:8

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Hk 24:27. Erkak kishi uylanishdan va, ehtimol, farzand ko‘rishdan oldin oilasini ta’minlay olishi uchun qattiq mehnat qilishi kerak

Nega uchrashayotgan yigit va qiz dono maslahat izlashga va bir-birini yuzaki emas, balki yaxshiroq bilib olishga diqqat qaratishi lozim?

Hk 13:10; 1Btr 3:3–6

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Rt 2:4–7, 10–12. Boz Rutning mehnat qilganini kuzatgan, shuningdek, ishonchli odamlardan u haqidagi fikrlarni, uning o‘z oilasiga bo‘lgan munosabatini hamda ma’naviyligini e’tiborga olgan. Shu yo‘sin, Boz Rut haqida bilib olgan.

    • Rt 2:8, 9, 20. Rut esa Boz haqida uning mehribonligi, saxiyligi va Yahovaga bo‘lgan sevgisini kuzatish orqali bilib olgan

Nima uchun Yahova yigit va qizdan uchrashayotganida va unashtirilganida axloqan pok qolishni talab qiladi?

Gl 5:19; Kls 3:5; 1Sal 4:4

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Hk 5:18, 19. Sevgi ko‘rsatishning ba’zi yo‘llari faqatgina turmush qurganlarga mumkin

    • Qo‘sh 1:2; 2:6. Uchrashuv paytida cho‘pon yigit va shunamlik qiz bir-biriga shahvoniy hirsni qo‘zg‘atuvchi nopok gaplarni aytishmagan, aksincha, sevgini o‘rinli tarzda izhor etishgan

    • Qo‘sh 4:12; 8:8–10. Shunamlik qiz poklikni saqlagan va o‘zini tuta bilish fazilatini namoyon etgan; u qulflangan boqqa o‘xshagan

Nima uchun juftlik nikohini rasmiylashtirishi kerak?

Erning mas’uliyati

Erga qanday jiddiy mas’uliyat yuklangan?

Masihiy er boshchilikni namoyon etganida kimning o‘rnagiga taqlid qilishi kerak?

Nega er xotinini sevishini, uning ehtiyojlari va tuyg‘ularini tushunayotganini ko‘rsatishi muhim?

Kls 3:19; 1Btr 3:7

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Ibt 21:8–12. Yahova Ibrohimga — bu hatto unga yoqmasa ham — xotini Soraning taklifiga quloq solishni aytgan

    • Hk 31:10, 11, 16, 28. Ushbu oyatlarda tasvirlanganidek, farosatli xotinning dono eri uni nazorat qilmaydi yoki undan kamchilik izlamaydi, aksincha, u xotiniga ishonib uni maqtaydi

    • Ef 5:33. Havoriy Pavlusning ilohiy ilhom ostida aytgan so‘zlariga ko‘ra, xotin eri uni sevishini his qilishi kerak

Xotinning mas’uliyati

Yahova masihiy xotinga qanday muhim vazifani topshirgan?

Xotinning oiladagi o‘rni uning ahamiyatini pasaytiradimi?

Ibt 1:26–28, 31; 2:18

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Hk 1:8; 1Kr 7:4. Xudo nikohda va oilada xotinga va onaga muayyan hokimiyat bergan

    • 1Kr 11:3. Havoriy Pavlus tushuntirganiday, Qodir Tangridan tashqari hamma muayyan boshchilikka bo‘ysunadi

    • Ibr 13:7, 17. Jamoatda ham erkaklar, ham ayollar boshchilikni zimmasiga olganlarga bo‘ysunib, itoat qilishlari kerak

Turmush o‘rtog‘i imondosh bo‘lmagan masihiy xotin qay yo‘sin Yahovani xursand qila oladi?

Nima uchun masihiy ayol eriga hurmat bilan muomala qilishi kerak?

Ef 5:33

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Ibt 18:12; 1Btr 3:5, 6. Sora erini hatto fikrlarida ham «xo‘jayin», ya’ni ma’naviy boshi deb bilib uni chuqur hurmat qilgan

Muqaddas Kitobda qanday xotin maqtov ila tilga olingan?

Hk 19:14; 31:10, 13–31

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Ibt 24:62–67. Rivqo eri Is’hoqqa onasining o‘limidan so‘ng tasalli manbaiga aylangan

    • 1Shh 25:14–24, 32–38. Obigayl Dovudga kamtarlik ila murojaat qilib, aqlsiz erini himoya qilgan va xonadonini saqlab qolgan

    • Est 4:6–17; 5:1–8; 7:1–6; 8:3–6. Malika Ester erining, ya’ni shohning huzuriga chaqirilmagan bo‘lsa-da, unga murojaat qilib hayotini ikki marta xavf ostiga qo‘ygan. Ester buni Xudoning xalqini himoya qilish uchun qilgan

Kelishmovchiliklarni hal qilish

Juftlikka nikohda paydo bo‘lgan muammolarni hal qilishga qaysi prinsiplar yordam beradi?

Qaysi prinsiplar juftlikka pulga nisbatan muvozanatli nuqtai nazarga ega bo‘lishga ko‘maklashadi?

Lq 12:15; Flp 4:5; 1Tm 6:9, 10; Ibr 13:5

Shuningdek, «Pul» mavzusiga qarang

Juftlik qaysi prinsiplar yordamida qarindoshlar va qaynata-qaynana bilan bog‘liq masalalarni hal qila oladi?

Jinsiy munosabatlarga kelganda, qaysi prinsiplar juftlik uchun yo‘l-yo‘riq bo‘la oladi?

Nima uchun turmush o‘rtoqning kamchiliklariga emas, ijobiy taraflariga diqqat qaratish muhim?

Nega xafagarchilik va g‘azabga yo‘l berishdan ko‘ra, muammolarni sevgi ila shu zahoti hal qilish yaxshiroq?

Nima uchun g‘azablanish, janjalkashlik, haqoratlar va zo‘ravonlikning har qanday turi masihiylarga to‘g‘ri kelmaydi?

Kelishmovchilik yuzaga kelganida ham er, ham xotin qaysi maqsadni ko‘zlashi kerak?

Yahovani o‘z nikohining asoschisi deb bilgan juftlik qanday barakalarga ega bo‘ladi?

Nikoh uchun me’yorlar

Jinsiy munosabatlar va nikoh borasida Yahovaning me’yorlari qanday?

Masihiylar poligamiyaga, ya’ni ko‘p nikohlilikka qanday nuqtai nazarda bo‘lishi kerak?

Nikoh faqat erkak va ayol o‘rtasida qurilishi kerakligini qayerdan bilamiz?

Nima uchun turmush qurgan juftlik birga yashashi kerak?

Muqaddas Kitobga ko‘ra masihiy er-xotin ajralishi uchun qanday yagona sabab bor?

Sababsiz ajralish haqida Yahova qanday fikrda?

Turmush o‘rtoqlardan biri hayotdan ko‘z yumsa, beva er yoki xotin qayta turmush qura oladimi?