Ota-onalar
Yahova nikohga asos solganining ba’zi sabablari qanday?
Ota-onalar bolalariga qanday nuqtai nazarda bo‘lishlari kerak?
Shuningdek «Bolalar; yoshlar» mavzusiga qarang
-
Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):
-
Ibt 33:4, 5. Yoqub farzandlarini Yahovaning barakasi deb bilgan
-
Chq 1:15, 16, 22; 2:1–4; 6:20. Musoning ota-onasi Imrom va Yo‘xavad hayotlarini xavf ostiga qo‘yib uni himoya qilishgan
-
Ota-onalar farzandlariga nisbatan qanday burchga ega?
Qn 6:6, 7; 11:18, 19; Hk 22:6; 2Kr 12:14; 1Tm 5:8
-
Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):
-
1Shh 1:1–4. Elqana har bir farzandi Yahovaga topina olishi uchun butun oilasi bilan Yahovaga qurbonlik keltirish uchun Shilo‘ga olib borgan
-
Lq 2:39, 41. Yusuf va Maryam Fisih bayramini nishonlash uchun bolalari bilan doim Nosiradan Quddusga borishgan
-
Farzandlarni Yahovaning yo‘lida tarbiyalashning qanday foydali tomonlari bor?
Shuningdek, 2Tm 3:14, 15 ga qarang
-
Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):
-
1Shh 2:18–21, 26; 3:19. Shomuilning ota-onasi uni chodirda xizmat qilish uchun taqdim etishgan, lekin ular o‘g‘lini doim yo‘qlab borishgan va uning ehtiyojlariga g‘amxo‘rlik qilishgan; u ma’naviy inson bo‘lib voyaga yetgan
-
Lq 2:51, 52. Ota-onasi nomukammal bo‘lishiga qaramay, Iso ularga itoatkor bo‘lib qolgan
-
Ota-onalar bolalarini tarbiyalash uchun qayerdan yo‘l-yo‘riq topa olishadi?
Shuningdek, Zb 127:1; Hk 16:3 ga qarang
-
Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):
-
Hak 13:2–8. Monuvaxning xotiniga mo‘jizaviy tarzda o‘g‘il tug‘ishi haqida aytilganidan keyin, Monuvax bolani qanday katta qilish borasida ko‘proq yo‘l-yo‘riq so‘ragan
-
Zb 78:3–8. Yahova ota-onalar ma’naviy bilimlarini bo‘lishishlarini xohlaydi
-
Bola Xudoni yaxshi ko‘radigan oilada ulg‘aygan bo‘lsa-da, nega u Yahovaga xizmat qilishni istamasligi mumkin?
-
Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):
-
Ibt 6:1–5; Yah 6. Yahovaning ruhiy o‘g‘illari U bilan osmonda minglab yillar vaqt o‘tkazganiga qaramay, Unga qarshi isyon ko‘tarishgan
-
1Shh 8:1–3. Shomuil sadoqatli va adolatli payg‘ambar bo‘lishiga qaramay, uning o‘g‘illari harom yo‘l bilan foyda ko‘rishga moyil va buzuq bo‘lishgan
-
Ota-onalar farzandlariga qachon Xudo haqida o‘rgatishni boshlashlari kerak?
-
Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):
-
Qn 29:10–12, 29; 31:12; Ezr 10:1. Isroilliklar Yahova haqida ta’lim olish uchun yig‘ilishganida, bolalari ham ta’lim olishi uchun ularni o‘zlari bilan olib kelishgan
-
Lq 2:41–52. Yusuf va Maryam bolalarini jumladan Isoni ham Quddusda bo‘lib o‘tadigan Fisih bayramiga doimo olib borishgan
-
Ota-onalar farzandlarini ularga zarar yetkazadiganlardan himoya qilish masalasida kimdan o‘rnak olishlari kerak?
-
Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):
-
Chq 19:4; Qn 32:11, 12. Yahova O‘zini palaponlarini ko‘tarib yuradigan, himoya va g‘amxo‘rlik qiladigan burgut bilan taqqoslagan
-
Isha 49:15. Ona emizikli bolasiga mehr-shafqat ko‘rsatadi. Ammo Yahova xizmatchilariga bundan ham ko‘proq g‘amxo‘rlik qilib, himoyalashini va’da bergan
-
Mt 2:1–16. Shayton munajjimlarni yovuz shoh Hirodning oldiga yuborib Isoni o‘ldirishga uringan. Ammo Yahova Yusufga oilasi bilan Misrga ko‘chib borish borasida yo‘l-yo‘riq berib, o‘g‘lini himoyalagan
-
Mt 23:37. Iso odamlarga yordam berish istagi borligini ona tovuq jo‘jalarini qanoti ostiga to‘plab himoyalashi bilan solishtirgan
-
Nega ota-onalar farzandlariga jinsiy tarbiya berishi kerak?
-
Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):
-
Lv 15:2, 3, 16, 18, 19; Qn 31:10–13. Musoning qonunida jinsiy masalalar haqida ochiqchasiga aytilgan. Yahova qonun ovoz chiqarib o‘qilganda bolalar ham u yerda bo‘lishi kerakligi borasida yo‘l-yo‘riq bergan
-
Zb 139:13–16. Sano bastakori Dovud inson tanasi ajoyib yaratilgani, jumladan farzand ko‘rish qobiliyati uchun Yahovaga madhlar kuylagan
-
Hk 2:10–15. Yahova berayotgan donolik va bilim bizni buzuq va ayyor odamlardan himoyalaydi
-
Nega ta’lim-tarbiyani sevgi ila berish kerak?
Hk 13:24; 29:17; Yerm 30:11; Ef 6:4
Shuningdek, Zb 25:8; 145:9; Kls 3:21 ga qarang
-
Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):
-
Zb 32:1–5. Yahovaning tarbiyasi shoh Dovud uchun og‘riqli bo‘lgan bo‘lsa-da, Yahova gunohidan chin dildan tavba qilgan kishilarni kechirishini bilib, u yengil tortgan
-
Yun 4:1–11. Yunus payg‘ambar Yahovadan g‘azablangan va Unga qo‘pol gapirgan; ammo Yahova unga sabr ila mehr-shafqat borasida ta’lim bergan
-
Nega ta’lim-tarbiya sevgidan dalolat?