Rahm-shafqat
Rahm-shafqat nimani o‘z ichiga oladi?
-
Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):
-
Zb 51:1, 2. Shoh Dovud Yahovadan rahm-shafqat qilishini — uni kechirib gunohlaridan poklashni yolvorib so‘ragan
-
Lq 10:29–37. Iso yahudiyga mehribonlik va e’tibor ko‘rsatgan samariyalik kishi haqida masal keltirib rahm-shafqat borasida saboq bergan
-
Nima uchun barcha odamlar rahm-shafqatga muhtoj?
Shuningdek, 3Shh 8:46–50 ga qarang
Rahm-shafqat borasida Yahova qanday o‘rnak ko‘rsatyapti?
Chq 34:6; Nax 9:17; Zb 103:8; 2Kr 1:3
-
Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):
-
Ayub 42:1, 2, 6–10; Yoq 5:11. Yahova Ayubga rahm-shafqat ko‘rsatgan va uni ham rahm-shafqatli bo‘lishga undagan
-
Lq 15:11–32. Iso otaning tavba qilgan isyonkor o‘g‘liga qanday munosabat ko‘rsatgani haqida masal keltirib, Yahovaning rahm-shafqatini ochib bergan
-
Nega Yahova bizga rahm-shafqat ko‘rsatadi?
Shuningdek, Tit 3:4, 5 ga qarang
Gunohlar kechirilishi uchun Masihning qurbonligi qanday ahamiyatga ega?
Nima uchun bizga rahm-shafqat ko‘rsatilishini so‘rashimiz va buni oddiy holdek qabul qilmasligimiz kerak?
-
Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):
-
Zb 51:1–4. Gunohlari dastidan aybdorlikni his qilib, qayg‘uga botgan shoh Dovud Yahovaga yolvorib rahm-shafqat ko‘rsatishini so‘ragan
-
Lq 18:9–14. Iso masal keltirib xatolarini kamtarlik ila tan olganlarga Yahova rahm-shafqat ko‘rsatishini ta’kidlagan
-
Nega hatto jiddiy gunohga qo‘l urganlar ularga rahm-shafqat ko‘rsatilishiga umid qilishlari mumkin?
-
Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):
-
2Sl 33:9–13, 15. Manashe yovuz shoh bo‘lsa-da, tavba qilgan va Xudodan unga rahm-shafqat ko‘rsatishini yolvorib so‘ragan; u yana shoh bo‘lgan va ishlari bilan u chindan ham o‘zgarganini ko‘rsatgan
-
Yun 3:4–10. Nineviyaliklar zo‘ravonlik qilishga va qon to‘kishga mukkasidan ketgan bo‘lsa-da, ular tavba qilishgan va Xudo ularga rahm-shafqat ko‘rsatgan
-
Yahova rahm-shafqat ko‘rsatishi uchun gunohkorning tavba qilishi va o‘zgarishi qanday ahamiyatga ega?
Yahovaning rahm-shafqati bizni barcha jazodan yoki gunohlarimizning oqibatlaridan himoyalamaydi
Nega rahm-shafqatli bo‘lishimiz kerak?
Rahm-shafqatli bo‘lmasak, bu Yahova bilan munosabatlarimizga qanday ta’sir qilishi mumkin?
Shuningdek, Hk 21:13 ga qarang
-
Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):
-
Mt 18:23–35. Iso masal keltirib rahm-shafqat ko‘rsatmagan kishiga Yahova ham rahm-shafqat ko‘rsatmasligini tushuntirgan
-
Lq 10:29–37. Taniqli masaldan Yahova hamda Iso rahm-shafqat ko‘rsatmagan insonlarni ma’qullamasliklarini, rahmdil samariyalik kabi yo‘l tutganlardan esa mamnun ekanliklarini bilib olyapmiz
-
Yahova rahmdil kishilarga qanday munosabatda?