Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Yahova

Yahova

Uning ismi

Yahova ismining ma’nosi «U bo‘ldiradi» degani

Yahova O‘z xizmatchilariga g‘amxo‘rlik qilish uchun nima qila oladi yoki kim bo‘la oladi?

Nega Xudoning ismi muqaddas bo‘lishi eng muhim masala?

Nega Olamning Hukmdori Yahova Unga itoat qilishimizga loyiq?

Yahovaning ba’zi unvonlari:

Abadiyat Podshohi. 1Tm 1:17; Vh 15:3

Alloh Taolo. Ibt 14:18–22; Zb 7:17

Buyuk Ustoz. Isha 30:20

Oliy Hukmdor. Isha 25:8; Ams 3:7

Ota. Mt 6:9; Yuh 5:21

Qodir Tangri. Ibt 17:1; Vh 19:6

Qoya. Qn 32:4; Isha 26:4

Qo‘shinlar Sarvari Yahova. 1Shh 1:11

Ulug‘vor Zot. Ibr 1:3; 8:1

Yahovaning ba’zi ajoyib fazilatlari:

Qay yo‘sin Yahova muqaddasligiga alohida urg‘u beryapti va bu Uning xizmatchilariga qanday ta’sir qilishi kerak?

Chq 28:36; Lv 19:2; 2Kr 7:1; 1Btr 1:13–16

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Isha 6:1–8. Ishayo payg‘ambar vahiyda Yahovaning muqaddasligini ko‘rib avvaliga hayratlangan. Lekin seraf unga nomukammal insonlar ham Xudoning nazarida pok bo‘la olishini eslatgan

    • Rm 6:12–23; 12:1, 2. Havoriy Pavlus qay yo‘sin gunoh qilish moyilligi bilan kurasha olishimiz va «muqaddas turmush tarzi» payida bo‘la olishimiz mumkinligini tushuntirgan

Yahovaning kuchi qanchalik buyuk va U bundan qaysi ba’zi sohalarda foydalanadi?

Chq 15:3–6; 2Sl 16:9; Isha 40:22, 25, 26, 28–31

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Qn 8:12–18. Muso payg‘ambar Yahova O‘z xalqining manfaatini ko‘zlab, qudratidan saxiylik ila foydalangani uchun ularda yaxshi narsalar borligini eslatgan

    • 3Shh 19:9–14. Yahova hayratlanarli tarzda qudratini namoyon etib, tushkunlikka tushgan Ilyos payg‘ambarga dalda bergan

Nega Yahovaning adolati eng a’losi?

Qn 32:4; Ayub 34:10; 37:23; Zb 37:28; Isha 33:22

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Qn 24:16–22. Musoning qonunida ta’kidlanganidek, Yahovaning adolati Uning rahm-shafqati va sevgisi bilan birgalikda mukammal tarzda namoyon bo‘ladi

    • 2Sl 19:4–7. Shoh Yohushafat hakamlarni tayinlaganda ular odamlarning emas, Yahovaning nomidan hukm chiqarishini eslatgan

Yahova eng dono Shaxs ekanini nima ko‘rsatyapti?

Zb 104:24; Hk 2:1–8; Yerm 10:12; Rm 11:33; 16:27

Shuningdek, Zb 139:14; Yerm 17:10 ga qarang

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • 3Shh 4:29–34. Yahova shoh Sulaymonni o‘sha vaqtda yashagan barcha odamlardan ham donoroq qilgan

    • Lq 11:31; Yuh 7:14–18. Iso Sulaymondan ham donoroq bo‘lgan. Lekin u donolikning Manbai Yahova ekanini kamtarlik ila tan olgan

Qay yo‘sin Yahova sevgi Uning ustuvor fazilati ekanini ko‘rsatgan?

Yuh 3:16; Rm 8:32; 1Yuh 4:8–10, 19

Shuningdek, Zaf 3:17; Yuh 3:35 ga qarang

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Mt 10:29–31. Iso chumchuq haqidagi masaldan foydalanib Yahova bizni sevishini va har bir xizmatchisini qadrlashini ko‘rsatgan

    • Mrk 1:9–11. Tangri Yahova Isoga uni sevishini va u bilan faxrlanishini aytgan. Bu ota-onalar uchun a’lo o‘rnak. Chunki barcha farzandlar ota-onasidan bunday so‘zlarni eshitishga muhtoj

Yana qaysi sabablarga ko‘ra Yahovani yaxshi ko‘ramiz? Muqaddas Kitobda Yahovaning juda ko‘p go‘zal fazilatlari tilga olingan. Ulardan ba’zilari quyidagilar:

Abadiy; azaldan, toabad. Zb 90:2; 93:2

Barcha narsani ko‘ruvchi. 2Sl 16:9; Hk 15:3

Baxtiyor. 1Tm 1:11

Kamtar. Zb 18:35

Mehribon. Lq 6:35; Rm 2:4

Mehr-shafqatli. Isha 49:15; 63:9; Zk 2:8

Odil. Zb 7:9

Sabrli. Isha 30:18; 2Btr 3:9

Sadoqatli. Vh 15:4

Saxiy. Zb 104:13–15; 145:16

Tinchlikparvar. Flp 4:9

Ulug‘vor. Zb 8:1; 148:13; Vh 4:1–6

O‘zgarmas; ishonchli. Ml 3:6; Yoq 1:17

Shafqatli. Chq 34:6

Yahovani yaxshiroq tanib-bilsak nimalarni his qilamiz?

Qay yo‘sin Yahovaga xizmat qila olamiz?

Yahova xizmatchilaridan kuchidan ortig‘ini talab qilmasligini nima ko‘rsatyapti?

Qn 10:12; Mx 6:8; 1Yuh 5:3

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Qn 30:11–14. Isroil xalqi uchun Muso payg‘ambar orqali berilgan qonunlarga itoat etish og‘ir bo‘lmagan

    • Mt 11:28–30. Iso Otasining shaxsiyatini mukammal tarzda aks ettirib shogirdlarini u rohat baxsh etuvchi Ustoz ekaniga ishontirgan

Nega Yahova Uni madh etishimizga loyiq?

Zb 105:1, 2; Isha 43:10–12, 21

Shuningdek, Yerm 20:9; Lq 6:45; Hv 4:19, 20 ga qarang

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Zb 104:1, 2, 10–20, 33, 34. Sano bastakori Yahovaga madhlar kuylash uchun tabiatdan son-sanoqsiz sabab topgan

    • Zb 148:1–14. Yahovaning barcha ijodlari, jumladan, farishtalar Uni madh etmoqda; biz ham xuddi shunday qilishimiz lozim

Qay yo‘sin xulq-atvorimiz bilan Yahova to‘g‘risida shohidlik berishimiz mumkin?

Mt 5:16; Yuh 15:8; 1Btr 2:12

Shuningdek, Yoq 3:13 ga qarang

Nima uchun Yahovaga yaqinlashishimiz kerak?

Qanday qilib kamtarinlik Xudoga yaqinlashishimizga yordam beradi?

Muqaddas Kitobni o‘qish va ustida mulohaza yuritish Yahovaga yaqinlashishimizda qanday ahamiyatga ega?

Yahova haqida bilib olganimizga muvofiq yo‘l tutishimiz nima uchun muhim?

Nega Yahovadan hech narsani yashirmasligimiz kerak?

Ayub 34:22; Hk 28:13; Yerm 23:24; 1Tm 5:24, 25

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • 4Shh 5:20–27. Gaxazi gunohini yashirishga uringan, lekin Yahova Elishay payg‘ambarga haqiqatni ochib bergan

    • Hv 5:1–11. Hananiya va Saffiraning qilmishi oshkor bo‘lgan va ular muqaddas ruhga yolg‘on gapirishgani uchun jazolanishgan