Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

SHOGIRD TAYYORLASH

11-DARS 

Oddiylik

Oddiylik

Prinsip: «Og‘zingizdan tushunarsiz so‘zlar chiqsa, nima haqda gap ketayotganini qanday anglab olishadi?» (1 Kor. 14:9)

Iso nima qilgan?

1. VIDEONI tomosha qiling yoki Matto 6:25–27 ni o‘qing. So‘ng quyidagi savollarni ko‘rib chiqing:

  1. a) Yahova bizga g‘amxo‘rlik qilishini Iso qaysi misol orqali ko‘rsatgan?

  2. b) Garchi Iso qushlar haqida ko‘p ma’lumotni bilgan bo‘lsa-da, qaysi oddiy tafsilotga diqqat qaratgan? Nega bunday yondashuv samarali edi?

Isodan nimani o‘rgansak bo‘ladi?

2. Oddiy tarzda ta’lim berganimizda, odamlar o‘rganganlarini eslab qolishadi va bu ularning qalbiga ta’sir qiladi.

Isoga taqlid qiling

3. Ko‘p gapirmang. Mavzu haqida o‘zingiz bilgan barcha narsani aytishdan ko‘ra, tadqiq qilinayotgan adabiyotdagi ma’lumotga diqqat qarating. Savol berganingizdan keyin tadqiq o‘tuvchining javobini sabr ila kuting. Agar u javobini bilmasa yoki Muqaddas Kitob ta’limotlariga zid bo‘lgan javobni aytsa, qo‘shimcha savollardan foydalanib uni mulohaza yuritishga undang. Tadqiq o‘tuvchi asosiy fikrni tushungan bo‘lsa, davom eting.

4. Tadqiq o‘tuvchiga yangi ta’limotlarni bundan oldin bilganlari bilan bog‘lashga yordam bering. Masalan, tirilish borasidagi darsni boshlashdan oldin tadqiq o‘tuvchi o‘lganlarning holati to‘g‘risida bilib olganlarini qisqacha takrorlab o‘ting.

5. Misollarni saralab tanlang. Misol keltirishdan oldin o‘zingizga quyidagi savollarni bering:

  1. a) «Bu misol oddiymi?»

  2. b) «U tadqiq o‘tuvchiga tushunarlimi?»

  3. d) «Bu misol tadqiq o‘tuvchiga nafaqat misolni, balki asosiy fikrni ham eslab qolishiga yordam beradimi?»

SHUNINGDEK, QUYIDAGILARGA QARANG: