Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

SHOGIRD TAYYORLASH

12-DARS 

Shijoat

Shijoat

Prinsip: «Moy va xushbo‘y tutatqi qalbni shod etadi, chin dildan maslahat bergan do‘st ham shundaydir». (Hik. 27:9)

Iso nima qilgan?

1. VIDEONI tomosha qiling yoki Mark 10:17–22 ni o‘qing. So‘ng quyidagi savollarni ko‘rib chiqing:

  1. a) Iso boy yigitda qanday yaxshi xislatlarni ko‘rdi?

  2. b) Yigitga maslahat berish uchun nega Isoga sevgi va shijoat kerak bo‘lgan?

Isodan nimani o‘rgansak bo‘ladi?

2. Tadqiq o‘tuvchilar ma’nan o‘sishini istasak, ularga sevgi ila, ammo ochiqchasiga gapirishimiz kerak.

Isoga taqlid qiling

3. Tadqiq o‘tuvchilarga maqsadlar qo‘yishga va ularga erishishga yordam bering.

  1. a) «Hayotdan toabad zavqlaning!» kitobining har bir darsidagi «Maqsad» qismidan foydalaning.

  2. b) Tadqiq o‘tuvchi qisqa hamda uzoq muddatli maqsadlarga erishishi uchun qanday qadamlar qo‘yishi kerakligini tushunishiga yordam bering.

  3. d) Ma’nan o‘sish yo‘lidagi yutuqlari uchun uni muntazam ravishda maqtang.

4. Nima unga ma’nan o‘sishga xalaqit berayotganini aniqlang va bu to‘siqlarni yengishga yordam bering.

  1. a) O‘zingizga quyidagi savollarni bering:

    • «Tadqiq o‘tuvchi suvga cho‘mishga harakat qilmayotgan bo‘lsa, unga nima xalaqit beryapti?»

    • «Qanday amaliy yordam ko‘rsatishim mumkin?»

  2. b) Tadqiq o‘tuvchi nimalar qilishi kerakligi haqida ochiqchasiga va sevgi ila gaplashib olish uchun shijoat so‘rab ibodat qiling.

5. Samarasiz Muqaddas Kitob tadqiqini to‘xtating.

  1. a) Tadqiq o‘tuvchi ma’nan o‘sayotganini aniqlash uchun o‘zingizga quyidagi savollarni bering:

    • «Tadqiq o‘tuvchi o‘rganayotgan narsalarini hayotida qo‘llayaptimi?»

    • «U jamoat uchrashuvlariga qatnayaptimi va boshqalar bilan haqiqatni bo‘lishyaptimi?»

    • «Muayyan vaqt tadqiq o‘tgandan so‘ng, u Yahovaning Shohidi bo‘lishni istayaptimi?»

  2. b) Agar tadqiq o‘tuvchi ma’nan o‘sishni xohlamayotgan bo‘lsa:

    • Nima uni ushlab turganini so‘rang.

    • Xushmuomalalik ila nima uchun tadqiqni to‘xtayotganingizni tushuntiring.

    • Tadqiq o‘tuvchi bilan tadqiqni qayta boshlashdan oldin u qanday o‘zgarishlar qilishi kerakligi haqida ayting.