SUHBAT BOSHLASH
4-DARS
Kamtarlik
Prinsip: «Kamtar bo‘lib, boshqalarni o‘zingizdan ustun qo‘yinglar». (Filip. 2:3)
Pavlus nima qilgan?
1. VIDEONI tomosha qiling yoki Havoriylar 26:2, 3 ni o‘qing. So‘ng quyidagi savollarni ko‘rib chiqing:
-
a) Pavlus podshoh Agrippaga gapirganida, qanday qilib kamtarlikni namoyon etgan?
-
b) Qanday qilib Pavlus o‘ziga emas, Yahova hamda Muqaddas Yozuvlarga diqqat qaratgan? (Havor. 26:22 ga qarang.)
Pavlusdan nimani o‘rgansak bo‘ladi?
2. Xabarimizni kamtarlik va hurmat ila aytsak, u yanada ta’sirli bo‘ladi.
Pavlusga taqlid qiling
3. O‘zingizni katta olib gapirishdan qoching. Go‘yoki boshqalar hech narsani bilmaydi-yu, siz esa hamma narsani biladigandek taassurot qoldirmang. Kishi bilan hurmat ila gaplashing.
4. Siz bo‘lishayotgan haqiqatlar manbai Muqaddas Kitob ekanini aniq ko‘rsating. Xudoning Kalomida insonlarning qalbiga ta’sir qiladigan fikrlar bor. Kalomdan foydalansak, ularning imoni to‘g‘ri poydevor asosida quriladi.
5. Muloyim bo‘lib qoling. O‘zingiznikida turib olmang. Niyatimiz bahslashish emas. Kamtarin bo‘lib xotirjamlikni saqlang va qachon ketish kerakligini biling. (Hik. 17:14; Titus. 3:2) Muloyim javob berib, kelajakda samarali suhbat qurishga zamin yaratishimiz mumkin.