Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

1-DARS

Qiziqarli kirish so‘zlari

Qiziqarli kirish so‘zlari

Havoriylar 17:22

MAQSAD. Kirish so‘zlaringiz qiziqish uyg‘otishi kerak; mavzuni tanlang va nima uchun u muhim ekanini tinglovchilarga ko‘rsating.

AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI

  • Qiziqish uyg‘oting. Tinglovchilarni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan biror savol, fikr, hayotiy voqea yoki yangilikni tanlang.

  • Mavzuni tanlang. Tinglovchilar kirish so‘zlaringizdan mavzuni va muqaddimaning maqsadini aniq tushunayotganiga ishonch hosil qiling.

  • Mavzu nima uchun muhim ekanini ko‘rsating. Aytmoqchi bo‘lganlaringizni tinglovchilarning ehtiyojlariga moslashtiring. Tinglovchilar bu mavzu shaxsan ularga qanday yordam berishini aniq tushunishlari kerak.