Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

11-DARS

Jo‘shqinlik

Jo‘shqinlik

Havoriylar 18:24, 25

MAQSAD. G‘ayrat bilan gapirib tinglovchilarga dalda bering va harakatga undang.

AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI

  • Ma’lumotni his qiling. Tayyorgarlik ko‘rayotganingizda, ma’lumot nima uchun muhim ekani borasida chuqur fikr yuriting. Ma’lumotni chin qalbdan yetkaza olishingiz uchun uni yaxshilab o‘rganib chiqing.

  • Tinglovchilar haqida o‘ylang. Siz yetkazmoqchi bo‘lgan xabar boshqalarga qanday foyda keltirishi to‘g‘risida mulohaza yuriting. Ma’lumotni tinglovchilarga tushunarliroq yetkazishning yo‘llarini izlang.

  • Jonli tarzda gapiring. G‘ayrat bilan gapiring. Imo-ishoralaringiz tabiiy bo‘lsin va chehrangizdan samimiy tuyg‘ularingiz sezilib tursin.