Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

14-DARS

Asosiy fikrlarni ajratish

Asosiy fikrlarni ajratish

Ibroniylarga 8:1

MAQSAD. Nutqingiz davomida tinglovchilarga har bir asosiy fikr siz ko‘zlagan maqsad va mavzu bilan qanday bog‘liq ekanini aniq ko‘rishga yordamlashing.

AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI

  • Maqsadingizni aniqlang. Nutqingizning maqsadi ma’lumot yetkazish, ishontirish yoki undash bo‘lsa, uni shunga muvofiq tayyorlang. Barcha asosiy fikrlar ko‘zlagan maqsadingizga erishishga qo‘l kelishiga ishonch hosil qiling.

  • Nutqning mavzusini ta’kidlang. Nutq davomida kalit so‘zlarni takrorlab yoki sinonimlarni keltirib nutqning mavzusiga ishora qiling.

  • Asosiy fikrlar aniq va tushunarli bo‘lsin. Mavzuga tegishli asosiy fikrlarni tanlab oling. Shunda belgilangan vaqt ichida ma’lumotni samarali tarzda yetkaza olasiz. Bir nechta muhim fikrni tanlab, ularning har birini ta’kidlab o‘ting. Pauza qiling va asta-sekin keyingi fikrga o‘ting.