Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

2-DARS

So‘zlashuv Uslubi

So‘zlashuv Uslubi

2 Korinfliklarga 2:17

MAQSAD. Tinglovchilar va mavzu haqida o‘ylayotganingizni ko‘rsatish uchun samimiy hamda tabiiy gapiring.

AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI

  • Ibodat ila puxta tayyorgarlik ko‘ring. E’tiborni o‘zingizga emas, mavzuga qaratish uchun Xudodan yordam so‘rab ibodat qiling. Aytmoqchi bo‘lgan asosiy fikrlarni esda saqlang. Fikrlarni shunchaki o‘qib berishning o‘rniga, ularni o‘z so‘zlaringiz bilan ifoda eting.

  • Chin dildan gapiring. Aytmoqchi bo‘lganlaringiz nima sababdan tinglovchilar uchun muhim ekani haqida o‘ylang. Diqqatingizni ularga qarating. Shunda, o‘zingizni tutishingiz, imo-ishora va chehrangizdan samimiyligu muloyimlik bilan gapirayotganingiz ko‘rinadi.

  • Tinglovchilarga qarang. O‘rinli bo‘lsa ko‘z ila aloqa bog‘lang. Nutq so‘zlayotganingizda, barchaga emas, balki vaqti-vaqti bilan alohida kishilarga qarashga harakat qiling.