Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

7-DARS

Aniq va ishonchli ma’lumot

Aniq va ishonchli ma’lumot

Luqo 1:3

MAQSAD. Tinglovchilarga to‘g‘ri xulosaga kelishga yordamlashish uchun ishonchli dalillardan foydalaning.

AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI

  • Ishonchli manbalardan foydalaning. Xudoning Kalomiga asoslanib gapiring, imkon bo‘lganda undan o‘qib bering. Biror ilmiy ma’lumot, yangilik, voqea yoki shu kabi dalillarga ishora qilmoqchi bo‘lsangiz, ma’lumot ishonchli manbaga asoslanganiga va eskirib qolmaganiga amin bo‘ling.

  • Manbalardan o‘rinli tarzda foydalaning. Oyatlardan foydalanganingizda matn tarkibini inobatga oling va ular Muqaddas Kitobda yozilganlarga mos kelishiga ishonch hosil qiling. «Ishonchli va aqlli xizmatkor» taqdim etayotgan adabiyotlarni qo‘llaganingizda ham shunday yo‘l tuting. (Mat. 24:45) Dunyoviy manbalardan foydalanganda asl ma’nosini o‘zgartirmang va muallif ko‘zlagan maqsadga muvofiq ravishda qo‘llang.

  • Dalillar ustida muzokara olib boring. Oyatni yoki manbadagi fikrni o‘qigach, tinglovchilar o‘zlari xulosaga kelishi uchun o‘rinli savollar bering yoki misol keltiring.