Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

3-SAVOL

Ota-onam bilan qanday til topishsam bo‘ladi?

Ota-onam bilan qanday til topishsam bo‘ladi?

NEGA BU MUHIM?

Ota-onangiz bilan munosabatlaringiz qanchalik yaxshi bo‘lsa, hayotingiz ham shunchalik silliq kechadi.

SIZ QANDAY YO‘L TUTGAN BO‘LARDINGIZ?

Quyidagi vaziyatni tasavvur qiling: chorshanba, tushlikdan so‘ng. 17 yoshli Djeffri uy ishlarini qilib bo‘ldi va endi maza qilib dam olmoqchi bo‘lib turibdi. U televizorni yoqib, yaxshi ko‘rgan kreslosiga cho‘kadi.

O‘sha payt xonaga kayfiyati yo‘q holda otasi kirib keladi.

«Djeffri! Nega televizorga termilib o‘tiribsan? Ukangga dars qilishda yordam berishing kerak edi-ku?! Sen bola, hech qachon gapga kirmaydiganga o‘xshaysan!

Djeffri esa dadasi eshitishi uchun baland ovozda: «Uf, yana boshlandi!» — deya ming‘irlaydi.

Dadasi esa uning oldiga yaqinlashib: «Hey, bola, nima deyapsan?» — deb aytadi.

Djeffri esa ensasini qotiradi va uf tortib, dadasiga shunday deydi: «Hech nima».

Endi dadasining rostdan ham jahli chiqadi. Shunda u qattiq ovoz bilan: «Menga unaqa ohangda gapirma!» — deydi.

Agar Djeffrining o‘rnida bo‘lganingizda, qanday qilib bu mojaroning oldini olgan bo‘lardingiz?

TO‘XTAB, O‘YLAB KO‘RING!

Ota-onangiz bilan muloqot qilishni mashina haydashga o‘xshatsa bo‘ladi. Agar yo‘lingizda to‘siqqa duch kelsangiz, unda boshqa yo‘nalishni tanlay olasiz.

MISOL UCHUN:

Liya ismli bir qiz shunday deb bo‘lishdi: «Dadam bilan muloqot qilish men uchun qiyin. Ba’zida unga biron narsani aytib berayotganimda, u menga: “Uzr, menga gapirayotganmiding?” — deydi».

LIYA KAMIDA UCHTA MASLAHATGA RIOYA QILISHI MUMKIN:

  1. Dadasiga baqirib berishi.

    Liya qichqirib: «Dada, axir bu muhim! Eshitsangiz-chi!» — deydi.

  2. Dadasi bilan gaplashmay qo‘yishi.

    Liya shunchaki taslim bo‘lib, dadasi bilan muammosi haqida gaplashmay qo‘yadi.

  3. Qulay fursat izlab, bu masalani qaytadan ko‘tarishi.

    Liya bu masala bo‘yicha vaqt o‘tib dadasi bilan yuzma-yuz gaplashadi.

Siz Liyaga qanday maslahat berardingiz?

O‘YLAB KO‘RING: Liyaning dadasi chalg‘ib qoldi, shuning uchun qizi nimaga xafa bo‘lganini tushunmayapti. Shu bois agar Liya 1-maslahatga rioya qilib, dadasiga baqirsa, bu Liya kutgan natija bermaydi. Aksincha, dadasi buni tushunmasligi mumkin. Ustiga-ustak bu, ota-onaga nisbatan hurmatsizlik bo‘lardi. (Efesliklarga 6:2) Ha, chindan ham, 1- maslahat hech kim uchun foydali bo‘lmaydi.

Ota-ona bilan muloqotdagi qiyinchiliklar boshi berk ko‘chaga kirib qolganingizni anglatmaydi. Murosaga kelishning yo‘li doim topiladi!

2-maslahatga amal qilish eng oson yo‘ldek tuyular. Lekin bu, dono qaror emas. Nega? Chunki muammolarini hal qilish uchun Liya dadasi bilan suhbatlashishi kerak. Dadasi qizining muammolarini bilgan holdagina unga yordam bera oladi. Indamay o‘tirishning hech qanday foydasi yo‘q.

Agar Liya 3-maslahatga rioya qilsa, bu qiyinchilik unga dadasi bilan muloqot qilishga xalal berishiga yo‘l qo‘ymagan bo‘ladi. U bu mavzu borasida boshqa safar suhbatlashishga harakat qiladi. Liya hatto dadasiga xat yozishga qaror qilishi mumkin. Mabodo u shunday yo‘l tutsa, ehtimol, o‘zini ancha yengilroq his qilar.

Liya xatda dadasiga nima demoqchi ekanini aniq ifoda etishi mumkin. Liyaning dadasi xatni o‘qib, qizi nima demoqchi ekanini bilib oladi. Bu esa unga qizini yaxshiroq tushunishga ko‘maklashadi. Demak, 3- maslahat ham Liyaga, ham dadasiga foydali bo‘ladi. Liya dadasi bilan yuzma-yuz gaplashadimi yo xat yozadimi, bunday yo‘l tutib, u Muqaddas Kitobning «tinchlik keltiradigan... narsalar payidan bo‘lish» to‘g‘risidagi maslahatiga rioya qilgan bo‘ladi. (Rimliklarga 14:19)

Liyaga yana qanday maslahat bera olardingiz?

Agar bu borada taklifingiz bo‘lsa, uni pastda yozib qo‘yishingiz mumkin. Keyin esa bu maslahatga rioya qilish qanday natijalarga olib kelishi mumkinligini ham yozing.

FIKRLARINGIZNI ANIQROQ YETKAZING

Unutmang: ota-onalar ba’zida sizning gaplaringizni boshqacha qilib tushunishadi.

MASALAN:

Ota-onangiz sizdan nima uchun yomon kayfiyatda ekaningizni so‘rashi mumkin. Siz ularga: «Men bu haqda gaplashishni istamayman»,— deb aytasiz.

Ammo ota-onangizga: «Sizga ishonib bo‘libman. Muammolarimni siz bilan emas, do‘stlarim bilan muhokama qilaman»,— degan gaplar eshitiladi.

Tasavvur qiling, siz muammoga duch keldingiz va ota-onangiz sizga yordam taklif etyapti. Biroq siz: «Tashvishlanmang. Muammoni o‘zim hal qilaman»,— deyapsiz.

  • Ota-onangizga esa shunday eshitilishi mumkin:

  • Shu payt sizdan kutilayotgan javob: