5-BOB
«Qanday yovuzliklar va jirkanch ishlar qilinayotganini ko‘rib qo‘y»
BU BOBDA: murtadlikka berilgan Yahudoning ma’naviy va axloqiy tanazzulga uchrashi
1–3. Yahova Hizqiyo Quddusdagi ma’badda nimani ko‘rishini istaydi va nega? (2-bo‘limning kirish so‘zlari va rasmiga qarang.)
RUHONIYNING o‘g‘li sifatida Hizqiyo Tavrotni juda yaxshi biladi. Shu bois, u Quddusdagi ma’bad va u yerda Yahovaga pok tarzda qay yo‘sin topinish kerakligini bilardi. (Hiz. 1:3; Mal. 2:7) Ammo mil. avv. 612-yili Yahovaning ma’badida yuz berayotganlar har qanday sadoqatli yahudiyni, jumladan, Hizqiyoni dahshatga soladi.
2 Yahova Hizqiyo ma’badning ayanchli ahvolini ko‘rishini, keyin esa uning uyida yig‘ilgan va u bilan surgunlikda bo‘lgan «Yahudo oqsoqollari»ga nimalarni ko‘rganini aytib berishini istaydi. (Hizqiyo 8:1–4 ni o‘qing; Hiz. 11:24, 25; 20:1–3) Yahova muqaddas ruhi yordamida Hizqiyoni Bobildagi Kavor daryosi bo‘yida joylashgan Tel-Avivdagi uyidan yuzlab kilometr uzoqlikda joylashgan g‘arbga, ya’ni Quddusga (vahiy orqali) ko‘chirdi. Yahova payg‘ambarni ma’baddagi ichki hovlining shimoliy darvozasiga olib bordi. Shu yerdan boshlab, Yahova unga vahiy orqali ma’badda nimalar bo‘layotganini ko‘rsatdi.
3 Hizqiyo xalq ma’naviy tanazzulga uchraganini ko‘rsatuvchi va uni dahshatga solgan to‘rtta sahnani ko‘radi. Pok topinish
bilan nima yuz berdi? Mazkur vahiy bugungi kunda biz uchun nimasi bilan ahamiyatli? Keling, bu vahiyni ko‘rishda Hizqiyoga hamroh bo‘lamiz. Lekin avval Yahova topinuvchilaridan nimani kutishga haqli ekani ustida mulohaza yuritishimiz kerak.«MEN... MUTLAQ SADOQATNI TALAB QILADIGAN TANGRIMAN»
4. Yahova xizmatchilaridan nimani talab qiladi?
4 Hizqiyoning davridan taxminan to‘qqiz asr avval Yahova topinuvchilaridan nimani talab qilishini aniq ta’kidlagan edi. O‘nta amrning ikkinchisida U Isroil xalqiga quyidagicha degan: * «Men, Xudoyingiz Yahova mutlaq sadoqatni talab qiladigan Tangriman». (Chiq. 20:5) «Mutlaq sadoqat» iborasini qo‘llab, Yahova ular boshqa har qanday xudoga sajda qilishiga chidab o‘tirmasligiga ishora qilgan. 2-bobdan ko‘rganimizday, pok topinishning birinchi talabi — Yahovaga topinishimiz kerak. Yahovaga topinadiganlar hayotida Uni birinchi o‘ringa qo‘yishlari lozim. (Chiq. 20:3) Oddiy qilib aytganda, Yahova xizmatchilaridan haq topinishni soxtasi bilan aralashtirmay, doim ma’nan pok qolishlarini kutadi. Mil. avv. 1513-yili Isroil xalqi tayyorlik ila Qonun ahdining shartlarini qabul qilishdi. Shu yo‘sin, ular Yahovaga mutlaq sodiq bo‘lishga rozilik bildirishdi. (Chiq. 24:3–8) Yahova ahdlariga sodiq va U bilan ahd qilgan xalqdan ham shunday sadoqatni kutgandi. (Qonun. 7:9, 10; 2 Shoh. 22:26)
5, 6. Nega Yahova Isroil xalqi Unga mutlaq sodiq bo‘lishiga loyiq edi?
5 Yahova Isroil xalqidan mutlaq sadoqatni talab qilgani o‘rinlimidi? Bo‘lmasam-chi! U Qodir Tangri, olamning Hukmdori, hayot Manbai va hayotni ta’minlovchi Shaxsdir. (Zab. 36:9; Havor. 17:28) Bundan tashqari, Yahova Isroil xalqining Qutqaruvchisi edi. O‘nta amr berayotib U xalqiga shunday deb eslatgan: «Men sizlarni Misrdan, sizlar qullikda bo‘lgan yurtdan olib chiqqan Tangringiz Yahovaman». (Chiq. 20:2) Chindan ham, Yahova Isroil xalqi Unga mutlaq sodiq bo‘lishiga loyiq edi.
6 Yahova o‘zgarmaydi. (Mal. 3:6) U doim mutlaq sadoqatni talab qilib kelgan. Endi esa Hizqiyoga vahiyda ko‘rsatgan to‘rtta dahshatli sahnani ko‘rib, Xudo nimalarni his qilganini bir tasavvur qiling.
Birinchi sahna: rashk buti
7. a) Ma’badning shimoliy darvozasi oldida murtad yahudiylar nima bilan shug‘ullangan va bu Yahovaga qanday ta’sir qilgan? (Bobning boshidagi rasmga qarang.) b) Qaysi ma’noda ular Yahovaning rashkini qo‘zg‘atishgan? (2-izohga qarang.)
7 Hizqiyo 8:5, 6 ni o‘qing. Hizqiyo dahshatga tushgan bo‘lsa kerak. Ma’badning shimoliy darvozasi oldida murtad yahudiylar butga sajda qilayotgan edi. Ehtimol, bu kan’onliklar Baalning xotini deb bilgan Ashera ma’budasining muqaddas ustuni bo‘lgandir. Bu nima bo‘lmasin, butparast isroilliklar Yahovaga bergan va’dalarida turishmadi. Ular Yahovaga haqli ravishda tegishli bo‘lgan mutlaq sadoqatni butga ko‘rsatib, Uning rashkini qo‘zg‘atishdi; Yahovaning haqli ravishda g‘azabi qaynadi. * (Qonun. 32:16; Hiz. 5:13) Bir o‘ylab ko‘ring, 400-yildan oshiq vaqt davomida ma’badning Muqaddas xonasi va Eng muqaddas xonasi Yahova huzurining ramzi bo‘lib kelgandi. (3 Shoh. 8:10–13) Ammo endi ma’bad hududining o‘zida butparastlik bilan shug‘ullanib, ular Yahovani O‘zining muqaddas maskanidan «uzoqlashishga majburlashgan» edi.
8. Hizqiyo vahiyda ko‘rgan rashk buti bugungi kunda biz uchun qanday ahamiyatga ega?
8 Hizqiyo vahiyda ko‘rgan rashk buti bugungi kunda biz uchun qanday ahamiyatga ega? Shubhasizki, murtad Yahudo aholisi bizga xristian olamini eslatadi. Xristian olamining cherkovlarida butparastlik keng tarqalgan, bu tufayli esa Xudo ularning topinishini ma’qullamaydi. Yahova o‘zgarmas ekan, shunga aminmizki, murtad Yahudo aholisi bilan bo‘lganidek, U xristian olamidan g‘azablanishga haqli. (Yoqb. 1:17) Darhaqiqat, Yahova bulg‘angan xristian olamidan uzoqdadir!
9, 10. Ma’baddagi butparastlardan qanday ogohlantiruvchi saboq olyapmiz?
9 Ma’baddagi butparastlardan qanday ogohlantiruvchi saboq olyapmiz? Yahovaga mutlaq sadoqatli bo‘lish uchun «butparastlikdan qochishimiz» kerak. (1 Kor. 10:14) Balki shunday o‘ylarmiz: «Yahovaga topinishda tasvir yoki butlardan aslo foydalanmayman!» Lekin butparastlik turli xil bo‘ladi va ba’zilarini boshqalariga qaraganda farqlash qiyinroq. Muqaddas Kitob borasidagi bir manbada bu quyidagicha tushuntirilgan: «Biz uchun qimmatbaho, qadrli yoki kuchga ega bo‘lgan har qanday narsa Xudoga topinishimizdan muhimroq bo‘lib qolsa, bu butparastlikdir». Ha, butparastlik mol-mulk, pul, jinsiy munosabatlar, o‘yin-kulgi — hayotimizda ustuvorlik qilib, Yahovaga bo‘lgan mutlaq sadoqatimizning o‘rnini egallaydigan har qanday narsani o‘z ichiga oladi. (Mat. 6:19–21, 24; Efes. 5:5; Kolos. 3:5) O‘zimizni butparastlikning har qanday turidan himoya qilishimiz kerak, zero Yahova qalbimizda asosiy o‘rin egallashni va Unga topinishimizni talab qilishga haqli! (1 Yuhan. 5:21)
10 Yahova Hizqiyoga ko‘rsatgan birinchi sahna «dahshatli, jirkanch ishlar»ni o‘z ichiga olgandi. Biroq Yahova sadoqatli payg‘ambarga: «Sen bundan ham dahshatliroq narsalarga shohid bo‘lasan»,— dedi. Ma’bad hududida rashk butiga topinishdan dahshatliroq yana nima bo‘lishi mumkin edi?
Ikkinchi sahna: 70 ta oqsoqol soxta xudolarga tutatqi tutatyapti
11. Hizqiyo ma’bad qurbongohi joylashgan ichki hovliga kirganda, qanday dahshatli ishlarni ko‘rgan?
11 Hizqiyo 8:7–12 ni o‘qing. Devordagi teshikdan ma’bad qurbongohi joylashgan ichki hovliga kirib, Hizqiyo «butun devor bo‘ylab har turli sudralib yuruvchi jonzotlar, jirkanch hayvonlar»ning dahshatli tasvirlari o‘yilganini ko‘radi. * O‘yilgan bu tasvirlar soxta xudolarni bildirar edi. Hizqiyo ko‘rgan bundan ham mudhishroq sahna «Isroil xonadonining 70 ta oqsoqoli» «qorong‘ilikda» turib, soxta xudolarga tutatqi tutatayotgani bo‘ldi. Xushbo‘y tutatqi Tavrot talablari bo‘yicha tutatilishi sadoqatli topinuvchilarning ibodati Xudoga ma’qul kelishining ramzi edi. (Zab. 141:2) Lekin 70 ta oqsoqol soxta xudolarga tutatgan tutatqi hidi Yahova uchun juda ham badbo‘y bo‘lgan. Ularning ibodati Yahova uchun jirkanch edi. (Hik. 15:8) O‘sha oqsoqollar: «Yahova bizni ko‘rmayapti»,— deb o‘zlarini aldashgandi. Biroq Yahova barchasini ko‘rib turgandi va ular Uning ma’badida nimalar qilayotganini Hizqiyoga aniq ko‘rsatgan edi.
12. Nega hatto «qorong‘ilikda» ham sadoqatli qolishimiz zarur va ayniqsa kim bu borada yaxshi o‘rnak ko‘rsatishi kerak?
12 Hizqiyo isroillik 70 ta oqsoqol soxta xudolarga tutatqi tutatganini ko‘rgani haqidagi bayonotdan qanday saboq olsak bo‘ladi? Xudo ibodatlarimizni eshitishi, ya’ni topinishimiz Uning nazarida pok bo‘lishi uchun hatto «qorong‘ilikda» ham sadoqatli qolishimiz zarur. (Hik. 15:29) Shuni unutmaylikki, Yahova biz qilayotgan barcha ishlarni ko‘rib turadi. Yahova biz uchun mavjud Shaxs bo‘lsa, yolg‘iz bo‘lganimizda ham Uni ranjitadigan hech qanday ish qilmaymiz. (Ibron. 4:13) Muqaddas Kitob prinsiplari bo‘yicha yashashda ayniqsa oqsoqollar yaxshi o‘rnak ko‘rsatishlari kerak. (1 Butr. 5:2, 3) Jamoat a’zolari sahnadan turib ta’lim berayotgan va yig‘ilishlarda yetakchilik qilayotgan oqsoqoldan hatto «qorong‘ilikda», ya’ni hech kim uni ko‘rmayotganda ham Muqaddas Kitob prinsiplari bo‘yicha yashashini kutishga haqli. (Zab. 101:2, 3)
Uchinchi sahna: «Tammuz uchun yig‘lab o‘tirgan ayollar»
13. Hizqiyo ma’bad darvozalarining birida murtad ayollar nima qilishayotganini ko‘rdi?
13 Hizqiyo 8:13, 14 ni o‘qing. Dahshatli ishlar haqidagi ikkita sahnadan so‘ng Yahova yana Hizqiyoga shunday deydi: «Sen ular qilayotgan ishlardan ham dahshatliroq jirkanch narsalarni ko‘rasan». Xo‘sh, payg‘ambar yana nimani ko‘rdi? U «Yahova uyining shimoliy darvozasi yonida» «Tammuz uchun yig‘lab o‘tirgan ayollarni» ko‘rdi. Mesopotamiya xudosi bo‘lgan Tammuz hosildorlik ma’budasi Ishtarning eri yoki o‘ynashi hisoblangan. * Isroillik ayollar yig‘lashgani Tammuzning o‘limi bilan bog‘liq ba’zi diniy urf-odatlarning qismi bo‘lganga o‘xshaydi. Yahovaning ma’badida Tammuz uchun ko‘z yosh to‘kib, o‘sha ayollar pok topinishning markazida butparastlarning urf-odatini bajarishayotgan edi. Soxta din bilan bog‘liq odat Xudoning ma’badida bajarilgani uchungina muqaddas bo‘lib qolmas edi. Chunki Yahovaning nazarida o‘sha murtad ayollar «jirkanch narsalarni» qilishayotgan edi!
14. Yahova murtad ayollarning ishlariga qanday nuqtai nazarda bo‘lganidan nimani o‘rganishimiz mumkin?
14 Yahova o‘sha ayollarning ishlariga qanday nuqtai nazarda bo‘lganidan nimani o‘rganishimiz mumkin? Topinishimizni pok saqlash uchun uni butparastlarning nopok odatlari bilan aslo aralashtirmasligimiz kerak. Qolaversa, kelib chiqishi soxta din bilan bog‘liq bayram yoki marosimlarda qatnashmasligimiz darkor. Kelib chiqishi shunchalik muhimmi? Ha! Bugungi kunda Rojdestvo, Pasxa, Yangi yil va tug‘ilgan kun kabi bayramlarni nishonlash bilan bog‘liq muayyan odatlar bezararday ko‘rinishi mumkin. Ammo shuni unutmaylikki, zamonaviy marosimlar aslida butparastlarning diniy odatlaridan kelib chiqqanini Yahova shaxsan O‘zi ko‘rgan. Butparastlarning odatlari vaqt o‘tgani yoki pok topinish bilan aralashgani tufayligina Yahova uchun ma’qul bo‘lib qolmaydi. (2 Kor. 6:17; Vah. 18:2, 4)
To‘rtinchi sahna: 25 kishi «quyoshga sajda qilayotgan edi»
15, 16. Ma’badning ichki hovlisida 25 kishi nima qilayotgan edi va nega ularning xatti-harakatlari Yahovani qattiq ranjitdi?
15 Hizqiyo 8:15–18 ni o‘qing. Yahova to‘rtinchi va oxirgi sahnani ko‘rsatishdan avval o‘sha tanish so‘zlarni aytdi: «Sen bulardan ham dahshatliroq, yanada jirkanch narsalarni ko‘rasan». Balki payg‘ambar shunday o‘ylagandir: «Men ko‘rgan narsalardan dahshatliroq yana nimalar bo‘lishi mumkin?» Endi Hizqiyo ma’badning ichki hovlisida edi. U ma’badga kiraverishda 25 kishi «sharqqa qarab quyoshga» sajda qilayotganining guvohi bo‘ldi. Ular Yahovani o‘taketgan razil tarzda haqoratlashgan edi. Qanaqasiga?
16 Xudo ma’badining kiraverishi sharq tarafga qarab qurilganini ko‘z oldingizga keltiring. Topinuvchilar ma’badga kirganida, Qonunlar 4:15–19 da yozilgan amrni buzishdi. Ular haqli ravishda mutlaq sadoqatga loyiq bo‘lgan Xudoni qattiq ranjitishdi!
yuzi bilan g‘arb tarafga qarab turardi, orqasi esa quyosh chiqadigan sharq tarafga qaratilgan bo‘lardi. Lekin vahiydagi 25 kishi «orqasini» ma’badga o‘girib, quyoshga sajda qilish uchun yuzi bilan sharqqa qarardi. Bunday yo‘l tutib ular orqasini Yahovaga o‘girishdi, boisi ma’bad «Yahovaning uyi» edi. O‘sha 25 kishi murtad edi. Ular Yahovani nazar-pisand qilishmadi vaXizmatchilari Unga mutlaq sadoqatli bo‘lishlariga Yahova loyiq
17, 18. a) Ma’badda quyoshga sajda qilganlar haqidagi bayonotdan qanday saboq olsak bo‘ladi? b) Murtad isroilliklar kim bilan bo‘lgan munosabatlariga putur yetkazdi va qay yo‘sin?
17 Quyoshga sajda qilganlar haqidagi bayonotdan qanday saboq olsak bo‘ladi? Topinishimizni pok saqlash uchun Yahovadan aql-idrok va donolik izlashimiz kerak. Unutmang, «Alloh Yahova — quyoshimiz» va Uning Kalomi yo‘llarimizni yoritadigan «nurdir». (Zab. 84:11; 119:105) Kalomi va tashkiloti taqdim etayotgan adabiyotlar orqali U qay yo‘sin hozirning o‘zida mazmunli hayot kechirishni va kelajakda abadiy hayotga erishishni ko‘rsatib, qalbimiz-u ongimizni yoritmoqda. Hayotimizni yoritish uchun bu dunyoga murojaat qilganimizda, orqamizni Yahovaga o‘girgan bo‘lardik. Bunday yo‘l tutish Uni qattiq ranjitib, qalbiga ko‘p og‘riq keltirgan bo‘lardi. Tangrimizga bunday munosabat ko‘rsatishni hech ham istamaymiz! Hizqiyo ko‘rgan vahiy haqiqatdan yuz o‘girganlardan, ya’ni murtadlardan qochishda ogohlantiruvchi misoldir. (Hik. 11:9)
18 Ko‘rib chiqqanimizday, Hizqiyo butparastlik va soxta din bilan bog‘liq to‘rtta dahshatli sahnaning shohidi bo‘lgan va ular murtad Yahudo aholisining ma’naviy ahvoli qanchalar ayanchli holatda ekanini oshkor etgan. Ma’nan nopok bo‘lib o‘sha isroilliklar Xudo bilan bo‘lgan munosabatlariga putur yetkazishgan. Ustiga-ustak, ma’naviy nopoklik bor joyda axloqiy nopoklik ham gullab-yashnaydi. Shu bois, murtad isroilliklar nafaqat Xudo, balki yaqinlari bilan bo‘lgan munosabatlariga putur yetkazgan iflos ishlar bilan shug‘ullanganining ajablanarli joyi yo‘q. Keling, Hizqiyo payg‘ambar ilohiy ilhom ostida murtad Yahudo aholisining axloqiy tanazzulini qanday tasvirlaganiga diqqat qaratamiz.
Axloqiy nopoklik. «Senda buzuqliklar qilishadi»
19. Hizqiyo Yahova bilan ahd qilgan xalqning axloqiy tanazzulini qanday tasvirlagan?
19 Hizqiyo 22:3–12 ni o‘qing. Boshqaruvchidan tortib to oddiy odamlargacha — xalqdagi barcha axloqan buzilib ketgan edi. «Yo‘lboshchilar» yoki yetakchilar hokimiyatidan begunohlarning qonini to‘kishda foydalanardi. Xalq Xudoning qonunini buzishda yetakchilarga ergashganga o‘xshaydi. Oila ichida farzandlar ota-onasini «xor qilishgan» va qarindoshlar orasida jinsiy aloqa oddiy holga aylangandi. Yurt bo‘ylab isyonkor isroilliklar musofirni aldashgandi va yetim-u bevalarga yomon muomalada bo‘lishgandi. Isroillik erkaklar qo‘shnilarining xotinlari bilan axloqsizlik qilishgandi. Odamlar poraxo‘r bo‘lib, foizga qarz berib va sudxo‘rlik qilib tiyiqsiz darajada ochko‘z bo‘lib ketishgandi. Yahova uchun U bilan ahd qilgan xalq Tavrotni oyog‘osti qilayotganini va amrlarning ortida turgan sevgisini nazariga ilmayotganini ko‘rish naqadar og‘riqli bo‘lgan bo‘lsa kerak! Ularning axloqiy tanazzuli Yahovani qattiq ranjitgan. Yahova Hizqiyo orqali axloqsiz xalqqa: «Sen butunlay Meni esingdan chiqaribsan»,— degan.
20. Hizqiyo Yahudo aholisining axloqiy nopokligi to‘g‘risida yozgani nega bugun biz uchun ham ahamiyatli?
20 Hizqiyo Yahudo aholisining axloqan nopok bo‘lgani to‘g‘risida yozgani nega bugun biz uchun ham ahamiyatli? Murtad Yahudo aholisining buzilib ketgani biz yashayotgan davrdagi axloqiy tanazzulni eslatadi. Siyosiy rahbarlar kuchidan noto‘g‘ri foydalanib, oddiy xalqqa jabr-zulm qiladi. Din rahbarlari — ayniqsa xristian olamining ruhoniylari — xalqlar orasidagi urushlarni ma’qullab duo qiladi va millionlab odamlarning hayotiga zomin bo‘ladi. Ruhoniylar jinsiy axloq borasidagi Muqaddas Kitobning pok va aniq me’yorlarini bulg‘ashdi. Oqibatda dunyoning axloqiy me’yorlari har qachongidan ham tubanlashib ketyapti. Yahova murtad Yahudo aholisiga aytgan quyidagi so‘zlarni xristian olamidagilarga ham aytishi shubhasiz: «Sen butunlay Meni esingdan chiqaribsan».
21. Qadimgi Yahudo aholisi axloqan nopok bo‘lganidan qanday saboq chiqarishimiz mumkin?
2 Tim. 3:1–5) Lekin axloqiy buzilishning barcha jirkanch turlari borasida Yahova qanday fikrda ekanini bilamiz. (1 Kor. 6:9, 10) Yahovani hamda Uning qonunlarini yaxshi ko‘rganimiz uchun axloqiy me’yorlariga itoat qilamiz. (Zab. 119:97; 1 Yuhan. 5:3) Axloqan nopok bo‘lsak, muqaddas va pok Tangrimizni sevmasligimizni ko‘rsatgan bo‘lamiz. Albatta, Yahova bizga quyidagi so‘zlarni aytishini aslo istamaymiz: «Sen butunlay Meni esingdan chiqaribsan».
21 Yahovaning xizmatchilari ekanmiz, qadimgi Yahudo aholisi axloqan nopok bo‘lganidan qanday saboq chiqarishimiz mumkin? Yahovaga ma’qul tarzda topinish uchun hayotimizning har bir sohasida pok bo‘lib qolishimiz kerak. Axloqan buzilib ketgan bu dunyoda zarrachaday o‘zgarish yo‘q. (22. a) Yahova qadimgi Yahudo aholisining qilmishlarini fosh etganini ko‘rib chiqib, nima qilishga qaror qildingiz? b) Keyingi bobdan nima haqida bilib olamiz?
22 Yahova qadimgi Yahudo aholisining ma’naviy va axloqiy tanazzulga uchraganini fosh etganini ko‘rib chiqib, qimmatli saboqlar oldik. Shubhasizki, Yahovaga faqat U loyiq bo‘lgan mutlaq sadoqatni ko‘rsatish qarorimiz mustahkamlandi. Qolaversa, butparastlikning barcha turidan o‘zimizni himoyalashimiz va axloqan pok bo‘lib qolishimiz kerak. Xo‘sh, Yahova sadoqatsiz xalqi bilan nima qildi? Hizqiyoga ma’badni ko‘rsatib bo‘lgach, Yahova unga aniq qilib: «Qattiq g‘azablanib chora ko‘raman»,— dedi. (Hiz. 8:17, 18) Yahova sadoqatsiz Yahudo aholisiga nisbatan qanday chora ko‘rganini bilishni istaymiz, axir bu yovuz dunyoni ham shunga o‘xshash hukm kutmoqda. Keyingi bobdan Yahovaning Yahudo aholisiga qarshi aytgan hukmlari qay yo‘sin amalga oshganini bilib olamiz.
^ 4- x.b. Hizqiyo kitobida Yahudo va Quddus aholisiga ishora qilish maqsadida «Isroil» so‘zi tez-tez ishlatilgan. (Hiz. 12:19, 22; 18:2; 21:2, 3)
^ 7- x.b. «Rashk» so‘zi ishlatilgani Yahova Unga nisbatan sadoqatli bo‘lish masalasiga qanchalar jiddiy qarashini ko‘rsatmoqda. Ehtimol, xotini sadoqatsizlik qilsa, eri rashk qilib g‘azablanishi xayolimizga kelar. (Hik. 6:34) Bunday erga o‘xshab, Yahova U bilan ahd qilgan xalq butparastlikka berilganida g‘azablanishga haqli edi. Bir manbada shunday deyilgan: «Xudoning rashki... muqaddasligining natijasidir. Faqat yolg‘iz U muqaddas bo‘lgani uchun... raqobatga toqat qilmaydi». (Chiq. 34:14)
^ 11- x.b. Ibroniychadan «jirkanch butlar» deb o‘girilgan ibora, ehtimol, ibroniychadagi «go‘ng» so‘ziga yaqin bo‘lib, hazar qilishni ifodalash maqsadida qo‘llaniladi.
^ 13- x.b. Shumer mixxatida Dumuzi deb atalgan Tammuz ma’budi Nimro‘dning boshqa ismi bo‘lgan deb aytishga asos yo‘q.