4-BOB
«To‘rt yuzli tirik mavjudotlar» nimani bildiradi?
BU BOBDA: tirik mavjudotlar va ular haqidagi ma’lumot
1, 2. Nega Yahova yer yuzidagi xizmatchilari haqiqatlarning mohiyatini tushuna olishi uchun ba’zida vahiy va tushlarni qo‘llagan?
AYTAYLIK, bir ota bolalari bilan birga uyda Muqaddas Kitob tadqiqini o‘tkazyapti. Farzandlari Muqaddas Yozuvlardagi haqiqatlarni tushuna olishi uchun u ba’zi bir oddiy rasmlarni ko‘rsatadi. Ularning tabassumi va zavq ila javob berayotgani, otasi ko‘zlagan maqsadiga erishganini ayon qiladi. U shunchaki so‘zlar bilan kifoyalanib qolganda, bolalari Yahova to‘g‘risidagi ta’limotlarni oxirigacha tushunmay qolardi.
2 Shu singari, Yahova yer yuzidagi farzandlari samodagi ko‘rinmas narsalarning mohiyatini tushuna olishiga ko‘maklashish uchun vahiy va tushlarni qo‘llagan. Masalan, Yahova O‘zi haqidagi muhim haqiqatlarni tushuntirish maqsadida Hizqiyoga hayratomuz tasvirlarga to‘la vahiyni ko‘rsatgan. O‘tgan bobda ularning birini ko‘rib chiqdik. Bu bobda esa, keling, lol qoldiradigan vahiyning muayyan bir jihatiga diqqat qaratib, uning mag‘zini chaqish qanday qilib Yahovaga yanada yaqinlashishimizga yordam berishini bilib olaylik.
«To‘rtta tirik mavjudot bor edi»
3. a) Hizqiyo 1:4, 5 ga ko‘ra, Hizqiyo vahiyda nimani ko‘rgan? (Bobning boshidagi rasmga qarang.) b) Hizqiyo taassurotlarini yozishda qo‘llagan uslubda nimaga e’tibor berdingiz?
3 Hizqiyo 1:4, 5 ni o‘qing. Hizqiyo «to‘rtta tirik mavjudotga» o‘xshash narsani ko‘rgan. Ularning farishta, inson va hayvonnikiga o‘xshash xususiyatlari bor edi. Hizqiyo ko‘rgan vahiysida tirik mavjudotlar borasida «o‘xshash» so‘zini qo‘llaganiga e’tibor bering. Hizqiyo kitobining 1-bobida u «o‘xshardi», «kabi» va «o‘xshash» singari so‘zlardan tez-tez foydalanganiga diqqat qarating. (Hiz. 1:13, 24, 26) Darhaqiqat, Hizqiyo ko‘rganlari samoda bor bo‘lgan ko‘rinmas narsalarning faqatgina tasviri ekanini anglab yetgan.
4. a) Hizqiyo ko‘rgan vahiy unga qanday ta’sir qilgan? b) Hizqiyo karublar haqida nimalarni bilgan?
4 Hizqiyo ko‘rgan narsalar va eshitgan tovushlardan esankirab qolgandir. To‘rtta tirik mavjudotning ko‘rinishi «yonayotgan ko‘mirga» o‘xshardi. Ularning tezda harakat qilgani «chaqnayotgan chaqmoq»day edi. Qanotlarining tovushi «shovullayotgan suvning tovushi» va ular harakatlanganida tovushi «harbiy qo‘shinning shovqini» kabi edi. (Hiz. 1:13, 14, 24–28; «Tirik mavjudotlarga qarab turganimda» nomli ramkaga qarang.) Keyinchalik ko‘rgan vahiyda Hizqiyo bu to‘rtta tirik mavjudot «karublar», ya’ni qudratli farishtalarni bildirishini oshkor etadi. (Hiz. 10:2) Hizqiyo ruhoniylar oilasida ulg‘aygani sababli, karublar Xudoning huzurida bo‘lib, Unga xizmat qilganini bilgan bo‘lishi mumkin. (1 Sol. 28:18; Zab. 18:10)
«Har bir mavjudotning to‘rtta yuzi... bor edi»
5. a) Qanday qilib karublar va ularning to‘rtta yuzi Yahova qudrat va ulug‘vorlikda tengi yo‘q Shaxs ekanini aks ettirmoqda? b) Nega vahiyning bu qismi bizga Xudo ismining ma’nosini eslatmoqda? (Izohga qarang.)
5 Hizqiyo 1:6, 8 ni o‘qing. Hizqiyo shuningdek, har bir karubning to‘rtta yuzi, ya’ni inson, sher, buqa va burgutning yuzi bor degan. Ushbu to‘rtta yuzni ko‘rib Hizqiyo Yahova qudrat va ulug‘vorlikda tengi yo‘q Shaxs ekani haqida anchagina narsani bilib olgan bo‘lishi mumkin. Nima uchun? Chunki mavjudotning har bir yuzi ulug‘vorlik, kuch va qudratni bildiradi. Sher ulug‘vor yovvoyi hayvon, buqa savlatli uy hayvoni, burgut kuchli qush, inson esa Xudo yer yuzida yaratgan barcha mavjudotlarning gultoji va ular ustidan hokimlik qilish huquqiga ega. (Zab. 8:4–6) Shunday bo‘lsa-da, Hizqiyo to‘rtta yuzi bor karublar sifatida tasvirlagan bu to‘rtta qudratli mavjudot eng oliy Hukmdor Yahovaning taxti ostida turibdi. Bu Yahova O‘z niyatini amalga oshirish uchun mavjudotlaridan foydalanishi mumkinligining yaqqol dalilidir! * Sano bastakori Yahova haqida: «U shoh bo‘lib barcha narsa ustidan boshqarmoqda»,— deb bejizga aytmagan. (Zab. 103:19; Zab. 148:13)
6. Biroz vaqt o‘tgach to‘rtta yuz nimani bildirishini tushunishga Hizqiyoga nima yordam bergan bo‘lishi mumkin?
6 Biroz vaqt o‘tgach va ko‘rganlari borasida fikr yuritgach, Hizqiyo undan oldin yashagan Xudoning xizmatchilari ham solishtirish sifatida hayvonlarning misollaridan Ibt. 49:9, 27) Nima sababli? Chunki sher va bo‘ri ega bo‘lgan xususiyatlar o‘sha kishilar hamda ularning avlodlariga xos edi. Demak, Muqaddas Yozuvlardagi shu kabi misollarni yodga olgan holda, Hizqiyo karubning yuzlari ham qandaydir xususiyat yoki sifatlarni anglatishini tushungandir. Xo‘sh, qanday sifatlarni?
foydalanganini eslagan bo‘lishi mumkin. Misol uchun, bobokalonimiz Yoqub o‘g‘li Yahudoni sher, Benyaminni esa bo‘ri bilan taqqoslagan. (Yahova va Uning samoviy oilasiga tegishli sifatlar
7, 8. Odatda karublarning to‘rtta yuzi qaysi sifatlarni bildiradi?
7 Hizqiyodan avval yashagan Muqaddas Kitob yozuvchilari sher, burgut va buqaning qaysi xususiyatlarini ta’kidlashgan? Quyidagi oyatlarga nazar soling: «Odil esa sher kabi dovyurakdir». (Hik. 28:1; 2 Shoh. 17:10) «Burgut... yuqoriga uchadi» va «ko‘zlarini olisga qaratadi». (Ayub 39:27, 29) «Buqaning kuchi bilan mo‘l hosil olinadi». (Hik. 14:4) Shu kabi oyatlar asosida, ko‘pincha adabiyotlarimizda yozilganiday, jasoratli sherning yuzi adolatni; burgutning yuzi uzoqni ko‘zlaydigan donolikni; buqaning yuzi kuch-qudratni anglatadi deb xulosa qilsak bo‘ladi.
8 Insonning yuzi haqida nima desa bo‘ladi? (Hiz. 10:14) Alloh odamni O‘ziga monand qilib yaratgani tufayli, hech bir hayvon ega bo‘lmagan va faqat odam namoyon eta oladigan sifatni bildiradi. (Ibt. 1:27) Yer yuzidagi insonlarga bu sifat borasida Xudoning quyidagi amrlari berilgan: «Tangringiz Yahovani butun qalbingiz... bilan sevinglar» va «yaqiningizni o‘zingizni sevganday sevinglar». (Qonun. 6:5; Lev. 19:18) Beg‘araz sevgini namoyon etib, ushbu amrlarga bo‘ysunganimizda Yahovaning sevgisini aks ettirgan bo‘lamiz. Havoriy Yuhanno: «Xudo bizni birinchi sevgani uchun, biz Uni sevamiz»,— deb yozgan. (1 Yuhan. 4:8, 19) Demak, insonning yuzi sevgini bildiradi.
9. Karublarning yuzlari bilan bog‘liq sifatlar kimga tegishli?
9 Bu sifatlar kimga tegishli? Yuzlar karublarniki ekan, bu sifatlar vahiydagi karublar bildiradigan barchaga, ya’ni Yahovaning samoviy oilasidagi sadoqatli ruhiy mavjudotlarga tegishli. (Vah. 5:11) Qolaversa, Yahova karublar hayotining Manbai ekan, demak ularga xos sifatlarning Manbai ham Xudodir. (Zab. 36:9) Shunday ekan, karublarning yuzlari Yahovaning O‘ziga tegishli bo‘lgan sifatlarni anglatadi. (Ayub 37:23; Zab. 99:4; Hik. 2:6; Mixo 7:18) Qaysi bir nechta yo‘l bilan Yahova ushbu ajoyib sifatlarini namoyon etadi?
10, 11. Yahova to‘rtta asosiy sifatini namoyon etayotganidan qanday foyda olyapmiz?
10 Adolat. «Yahova adolatni sevadi»gan Alloh bo‘lib, «umuman yuzxotirchilik qilmaydi». (Zab. 37:28; Qonun. 10:17) Uning xizmatchisi bo‘lishga qaror qilgan barchada — jamiyatdagi o‘rni yoki kelib chiqishiga qaramay — abadiy barakalarga ega bo‘lish imkoni bor. Donolik. «Qalbida donolik» bor bo‘lgan Tangri sifatida Yahova «amaliy donolikka» to‘la bo‘lgan kitobni taqdim etgan. (Ayub 9:4; Hik. 2:7, izoh) Muqaddas Kitobdagi dono maslahatlarni hayotimizda qo‘llash har kuni duch kelayotgan qiyinchiliklarni yengishga va mazmunli hayot kechirishimizga ko‘maklashadi. Kuch-qudrat. «Nihoyatda qudratli» bo‘lgan Xudovand Yahova muqaddas ruhidan foydalanib bizga «insonlarnikidan ustun turgan kuch»ni beryapti. Uning yordamida biz duch kelayotgan har qanday dahshatli va og‘riqli qiyinchilikni yenga olyapmiz. (Nox. 1:3; 2 Kor. 4:7; Zab. 46:1)
11 Sevgi. «Mehr-sadoqatga boy» bo‘lgan Yahova sodiq xizmatchilarini aslo tashlab qo‘ymaydi. (Zab. 103:8; 2 Shoh. 22:26) Hatto kasallik yoki yoshimiz o‘tayotgani dastidan Yahovaga avvalgiday ko‘p xizmat qila olmayotganimizdan siqilayotgan bo‘lsak ham, ilgari sevgi ila qilgan mehnatimiz Uning yodida ekanini bilishdan tasalli olamiz. (Ibron. 6:10) Ha, Yahova adolat, donolik, kuch-qudrat va sevgi fazilatlarini namoyon etayotganidan bugunning o‘zida foyda ko‘ryapmiz va kelajakda ham xuddi shunday bo‘ladi.
12. Yahovaning fazilatlarini tushunish qobiliyatimiz haqida nimani yodda tutishimiz lozim?
12 Shuni yodda tutishimiz kerakki, oddiy banda bo‘la turib Yahovaning fazilatlarini tushunayotganimiz, U qilgan ishlarning «bir qismi», xolos. (Ayub 26:14) «Qodir Tangrining fahm-idrokiga aqlimiz yetmaydi», boisi «Uning ulug‘vorligiga aql bovar qilmaydi». (Ayub 37:23; Zab. 145:3) Yahovaning sifatlari son-sanoqsiz bo‘lib, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. (Rimliklarga 11:33, 34 ni o‘qing.) Ha, Hizqiyoning vahiysi ham Allohning sifatlari benihoya yoki cheki yo‘qligini oshkor etmoqda. (Zab. 139:17, 18) Vahiyning qaysi jihati bu muhim haqiqatga urg‘u bermoqda?
«To‘rtta yuzi, to‘rtta qanoti bor»
13, 14. Karublarning to‘rtta yuzi nimani bildiradi va nega bunday xulosaga kelyapmiz?
13 Hizqiyo vahiyda har bir karubning bitta emas, to‘rtta yuzi borligini ko‘rgan. Bu nimani bildiradi? Xudoning Kalomida to‘rt raqami odatda bir butun holatda bo‘lishni yoki to‘liqlikni anglatishini eslang. (Ishayo 11:12; Mat. 24:31; Vah. 7:1)Bu vahiyning o‘zida Hizqiyo to‘rt raqamini kamida 11-marta tilga olgani muhim ahamiyatga ega. (Hiz. 1:5–18) Qanday xulosa qilsak bo‘ladi? To‘rtta karub ruhiy mavjudotlarning barchasini anglatganiday, ularning to‘rtta yuziga bir butunday qaraganda ular Yahovaning barcha sifatlarini bildiradi. *
14 Karublarning to‘rtta yuzi to‘rttadan ko‘proq sifatni bildirishi mumkinligini tushunish uchun, bu vahiydagi to‘rtta g‘ildirak nimani anglatishini eslaylik. Har bir g‘ildirak bahaybat, lekin ularning to‘rttasiga bir butunday qaraganda ular
taassurot qoldiradigan alohida g‘ildirak bo‘libgina qolmay, aravaning asosini tashkil qilishini ham ko‘rsa bo‘ladi. Xuddi shunday, to‘rtta yuzga bir butunday qaraganda ular taassurotda qoldiradigan alohida to‘rtta sifatni anglatibgina qolmay, Yahovaning ehtirom tuyg‘usini uyg‘otuvchi shaxsiyatining asosi ekanini ham ko‘rsa bo‘ladi.Yahova barcha sodiq xizmatchilariga yaqin
15. Hizqiyo ilk vahiy orqali qanday daldali haqiqatni tushungan?
15 Ushbu ilk vahiy orqali Hizqiyo Yahova bilan bo‘lgan munosabatlari to‘g‘risida muhim va daldali haqiqatni tushundi. Bu qanday haqiqat ekan? Mazkur haqiqat Hizqiyo kitobining eng boshida keltirilgan so‘zlardan ayon bo‘lyapti. Hizqiyo «xaldeylar yurtida» ekanini aytganidan so‘ng, o‘zi haqida: «O‘sha yerda Yahovaning qudratini o‘zimda his qildim»,— deydi. (Hiz. 1:3) Hizqiyo vahiyni Quddusda emas, o‘sha yerda, ya’ni Bobilda olganini yozganiga e’tibor bering. * Xo‘sh, Hizqiyoga nima oshkor bo‘lgan? Garchi Hizqiyo Quddusdan va u yerdagi ma’baddan olisda surgunlikda bo‘lsa-da, Yahovadan hamda Unga topinishdan yiroqda emas edi. Yahova Hizqiyoga Bobilda ko‘ringani, pok topinish biron joy yoki vaziyat bilan bog‘liq emasligini ko‘rsatmoqda. Aksincha, bu Hizqiyoning qalb holati va uning Yahovaga xizmat qilish istagi bilan bog‘liq edi.
16. a) Hizqiyo ko‘rgan vahiy bizni nimaga ishontirmoqda? b) Yahovaga butun qalbingiz bilan xizmat qilishga sizni nima undayapti?
16 Hizqiyo bilib olgan haqiqat bizga tasalli baxsh etyapti. Bu, Yahovaga chin yurakdan xizmat qilsak, qayerda yashashimizdan, qanchalar tushkunlikda bo‘lishimizdan yoki qanday sharoitlarda hayot kechirishimizdan qat’i nazar, U bizga yaqin ekaniga ishontirmoqda. (Zab. 25:14; Havor. 17:27) Yahova har bir xizmatchisiga bo‘lgan mehr-sadoqati tufayli bizni shu zahoti tashlab ketmaydi. (Chiq. 34:6) Shuning uchun, Yahova bizga mehr-sadoqatini ko‘rsatishiga hech narsa to‘sqinlik qila olmaydi. (Zab. 100:5; Rim. 8:35–39) Buning ustiga, Yahova muqaddas va cheksiz kuch-qudratga ega ekanini ko‘rsatayotgan bu hayratomuz vahiy faqat U topinishimizga loyiqligini eslatmoqda. (Vah. 4:9–11) Chindan ham, Yahova bunday vahiylardan foydalanib O‘zi va sifatlari haqida ba’zi bir muhim haqiqatlarni tushunishimizga ko‘maklashayotganidan juda minnatdormiz! Yahovaning jozibador sifatlari haqida bilim orttirganimiz sayin, Unga yanada yaqinlashamiz va bu bizni butun qalbimiz-u butun quvvatimiz bilan Uni sharaflab, Unga xizmat qilishga undaydi. (Luqo 10:27)
17. Keyingi boblardan qaysi savollarga javob olamiz?
17 Ming afsuski, pok topinish Hizqiyoning davrida bulg‘angan edi. Bunga nima sabab bo‘lgan? Yahova bunga qanday munosabat bildirgan? O‘sha qadimdagi voqealar biz uchun qanday ahamiyatga ega? Ushbu savollarning javoblarini keyingi boblardan bilib olamiz.
^ 5- x.b. Hizqiyo bu mavjudotlarni tasvirlagani Xudoning ismini eslatadi. Yahova degan ism «U bo‘ldiradi» degan ma’noga ega. Bu ismning qirralaridan bittasi shuni oshkor etyaptiki, Yahova O‘z xohishiga muvofiq ijodlari vositasida irodasini bo‘ldiradi. («Yangi dunyo tarjimasi»dagi ilovaning A4 mavzusiga qarang.)
^ 13- x.b. Yillar mobaynida adabiyotlarimizda Yahovaning taxminan 50 ta turli sifati ko‘rib chiqilgan. («Yahovaning Shohidlari izlanish olib borishi uchun qo‘llanma»da «Xudovand Yahova», «Yahovaning fazilatlari» sarlavhasiga qarang.)
^ 15- x.b. Muqaddas Kitobning bir sharhlovchisi e’tibor berganiday, birgina «o‘sha yerda» degan ibora «boshqa fikrlarga qaraganda ko‘proq diqqatni jalb qilyapti. [...] Xudo o‘sha yerda, Bobilda! Bu juda ham daldali!»