Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

9G RAMKASI

Asirlik va tiklanish haqidagi bashoratlar

Asirlik va tiklanish haqidagi bashoratlar

Yahudiy xalqi qadimgi Bobilda asirlikda bo‘lgani bilan bog‘liq bashoratlarning ko‘pi, keyinchalik masihiylar jamoati Buyuk Bobil asirligiga tushganida ikkinchi marta, ya’ni kengroq miqyosda amalga oshgan. Ayrim misollarga diqqat qarating.

1. OGOHLANTIRISHLAR

2. ASIRLIK

3. TIKLANISH

BIRINCHI MARTA AMALGA OSHISHI

Mil. avv. 607-yildan oldin Ishayo, Yeremiyo va Hizqiyo Yahovaning xalqini ogohlantirishgan. Biroq murtadlik keng tarqalgan

Mil. avv. 607-yili Quddus vayron qilingan; Xudoning xalqi Bobilga asir qilib olib ketilgan

Mil. avv. 537-yili va undan so‘ng omon qolgan sadoqatli kishilar Quddusga qaytishgan, ma’badni qayta qurishgan va pok topinishni tiklashgan

KENG MIQYOSDA AMALGA OSHISHI

Milodiy birinchi asrda Iso, Pavlus va Yuhanno jamoatni ogohlantirishgan, lekin murtadlik keng tarqalgan

Milodiy ikkinchi asrdan boshlab chin masihiylar Buyuk Bobil asirligiga tushgan

Milodiy 1919-yili va undan so‘ng Isoning boshqaruvi ostida sadoqatli moylanganlar ma’naviy asirlikdan ozod bo‘lib, pok topinishni tiklashgan