Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

16A RAMKASI

Bevafo Quddus xristian olamini bildiradimi?

Bevafo Quddus xristian olamini bildiradimi?

Ilgari adabiyotlarimizda murtad Quddus shahri xristian olamini bildiradi, deb aytilardi. Bevafo Quddusdagi ahvol — xususan butparastlik va keng tarqalgan adolatsizlik — bizga xristian olamida sodir bo‘layotgan narsalarni eslatishi shubhasiz. Biroq so‘nggi yillarda adabiyotlarimizda, shu qatorda hozir o‘qiyotgan kitobingizda, Muqaddas Kitobda aniq asos bo‘lmasa, bashoratga nisbatan timsol va u nimani bildirishini tushuntirish uslubi qo‘llanilmayapti. Quddus shahri xristian olamini bildiradi, deb aytish uchun Muqaddas Kitobda mustahkam asos bormi? Yo‘q.

Quyidagilarni ko‘rib chiqaylik: bir paytlar Quddus pok topinish markazi bo‘lgan, keyin uning aholisi murtadlarga aylangan. Bundan farqli ravishda, xristian olami Xudoga hech qachon pok tarzda topinmagan. Boshidanoq, ya’ni milodiy to‘rtinchi asrdan buyon xristian olami hamisha soxta ta’limotlarni o‘rgatib kelgan.

Bundan tashqari, Quddus bobilliklar tomonidan vayron qilingach, Yahova shaharga yana O‘z marhamatini ko‘rsatgan va u haq topinish markaziga aylangan. Xristian olami esa hech qachon Xudoning marhamatiga ega bo‘lmagan va u buyuk musibat paytida yo‘q qilingach aslo qad ko‘tarmaydi.

Yuqoridagilarni inobatga oladigan bo‘lsak, qanday xulosa chiqarishimiz mumkin? Bevafo Quddusda amalga oshgan Muqaddas Kitob bashoratlarini o‘rganib, shunday deya olamiz: «U yoki bu narsa bizga bugungi xristian olamini eslatadi». Biroq Quddus shahri xristian olamini bildiradi, deb aytish uchun Muqaddas Kitobda hech qanday asos yo‘q.