Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

2B RAMKASI

Hizqiyo — hayoti va yuz bergan voqealar

Hizqiyo — hayoti va yuz bergan voqealar

Hizqiyo ismining ma’nosi «Xudo kuch beradi». Uning bashoratlarida ko‘p ogohlantirishlar keltirilgan bo‘lsa-da, ulardagi asosiy xabar Hizqiyo ismining ma’nosiga muvofiq bo‘lib, pok topinishda qatnashadigan insonlarning imoniga imon qo‘shadi.

ZAMONDOSH PAYG‘AMBARLAR

  • YEREMIYO

    ruhoniylar oilasining a’zosi bo‘lib, asosan Quddusda xizmat qilgan (mil. avv. 647–580 y.)

  • XULDA

    taxminan mil. avv. 642-yilda Tavrot kitobi ma’badda topilganda xizmat qilgan

  • DONIYOR

    shohlar kelib chiqqan Yahudo qabilasidan bo‘lgan. Mil. avv. 617-yili Bobilga asir qilib olib ketilgan

  • XABAQQUQ,

    ehtimol, Yohayiqim boshqaruvining boshida Yahudoda xizmat qilgan

  • OBODIYO,

    ehtimol, Quddus vayron qilingan paytda Edom haqida bashorat qilgan

XIZMAT QILGAN YILLARI (MIL. AVV. YILLARDA)

HIZQIYONING HAYOTIDAGI MUHIM VOQEALAR (MIL. AVV. YILLARDA)

  1. t. 643: tug‘ilgan

  2. 617: Bobilga surgun qilingan

  3. 613: payg‘ambarlikni boshlagan; Yahovadan vahiy olgan

  4. 612: ma’baddagi murtadlik haqida vahiy ko‘rgan

  5. 611: Quddusga qarshi hukm xabarini e’lon qilgan

  6. 609: xotini o‘lgan va Quddusning oxirgi qamali boshlangan

  7. 607: Quddus vayron bo‘lgani haqida xabar olgan

  8. 593: ma’bad haqida vahiy ko‘rgan

  9. 591: Navuxodonosor Misrga hujum qilishini bashorat qilgan; kitobni yozib tugatgan

YAHUDO VA BOBIL SHOHLARI

  1. 659–629: Yo‘shiyo pok topinishni tiklagan, lekin fir’avn Nexo bilan jang qilganda o‘lgan

  2. 628: Yohuxoz uch oy davomida hukm surib yovuzlik qilgan va fir’avn Nexo tomonidan asir qilib olib ketilgan

  3. 628–618: Yohayiqim yovuz shoh bo‘lgan va fir’avn Nexoga tobe (vassal) bo‘lgan

  4. 625: Navuxodonosor Misr qo‘shini ustidan g‘alaba qozongan

  5. 620: Navuxodonosor Yahudoga birinchi marta hujum qilgan va Quddusda Yohayiqimni o‘ziga tobe (vassal) qilgan

  6. 618: Yohayiqim Navuxodonosorga qarshi isyon ko‘targan, ammo ehtimol, bobilliklar ikkinchi marta va’da qilingan yurtga hujum qilganda o‘lgan

  7. 617: Yoxoniyo deb ham tanilgan Yohayixin uch oy davomida hukm surib yovuzlik qilgan, keyin esa Navuxodonosorga taslim bo‘lgan

  8. 617–607: Zidqiyo yovuz, lekin irodasiz shoh bo‘lgan, Navuxodonosor tomonidan tobe (vassal) qilingan

  9. 609: Zidqiyo Navuxodonosorga qarshi isyon ko‘targan, keyin Navuxodonosor uchinchi marta Yahudoga hujum qilgan

  10. 607: Navuxodonosor Quddusni yakson qilgan, Zidqiyoni asir qilgan, ko‘zlarini o‘yib olgan va Bobilga olib ketgan