Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

7B RAMKASI

Hizqiyo kitobidagi asosiy iboralar

Hizqiyo kitobidagi asosiy iboralar

«Inson o‘g‘li»

90-MARTADAN OSHIQ UCHRAYDI

Hizqiyoga 90-martadan oshiqroq «inson o‘g‘li» deb murojaat qilingan. (Hiz. 2:1) Shu tariqa Yahova, unga katta sharafli vazifalar topshirilgan bo‘lsa-da, tuproqdan yaratilgan odam ekanini unga eslatgan. E’tiborli tomoni shundaki, Injil bayonotlarida Iso taxminan 80-marta «Inson O‘g‘li» deb atalgan. Bu bilan u inson qiyofasini olgan farishta emas, balki chindan ham inson bo‘lgani ko‘rsatilgan. (Mat. 8:20)

«Men Yahova ekanimni bilib olasizlar»

60-MARTADAN OSHIQ UCHRAYDI

«Men Yahova ekanimni bilib olasizlar» degan so‘zlarni Xudo odamlarga turli shaklda aytganini Hizqiyo 60-martadan oshiqroq qalamga olgan. Bu bilan U odamlar yolg‘iz Unga pok tarzda topinishiga loyiq ekanini ta’kidlagan. (Hiz. 6:7)

«Oliy Hukmdor Yahova»

213-MARTA UCHRAYDI

«Oliy Hukmdor Yahova» iborasi 213-marta uchragan bo‘lib, Xudo ismining dovrug‘ini yoyadi. Chunki bu ism tanilishga loyiq. Shuningdek, bu ibora barcha mavjudotlar Yahovaga bo‘ysunishi kerakligiga urg‘u beradi. (Hiz. 2:4)