Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

14A RAMKASI

Hizqiyoning ma’bad haqidagi vahiysidan saboqlar

Hizqiyoning ma’bad haqidagi vahiysidan saboqlar

Yuksalgan va himoyalangan pok topinish

Vahiydagi ma’bad «baland tog‘» (1) ustida turadi. Pok topinishni hayotimizda eng birinchi o‘ringa qo‘yib, uni yuksaltiryapmizmi?

Devor (2) markazda joylashgan ma’bad binolarining atrofidagi keng hududni (3) o‘rab turgan. Bu bizga Yahovaga topinishimizni biron nima bulg‘ashiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerakligini eslatadi. Agar «muqaddas bo‘lmagan», ya’ni dunyoviy ishlar bilan bog‘liq narsalarni pok topinishga yaqin yo‘latmaslik kerak bo‘lgan bo‘lsa, u holda nopok yoki axloqsiz xulq bugun Yahovaga topinadigan kishilarning hayotidan yanada yiroq bo‘lishi kerak emasmi?! (Hiz. 42:20)

Abadiy barakalar

Muqaddas maskandan, ya’ni ma’baddan oqib chiqqan suv keng daryoga (4) aylanadi va oqib borgan joylarda hamma narsa jonlanadi hamda yurt hosildor bo‘ladi. Ushbu barakalar 19-bobda muhokama qilinadi.

Hamma uchun bir xil me’yorlar

Baland tashqi darvozaxonalar (5) va ichki darvozaxonalar (9) pok tarzda topinadiganlarning barchasi uchun Yahova yuqori axloqiy me’yorlar o‘rnatganini eslatadi. Shunisi e’tiborliki, tashqi va ichki darvozaxonalarning barcha o‘lchamlari bir xil. Shunga o‘xshab, Yahovaning adolatli talablari barcha xizmatchilari uchun — qanday vazifani bajarishidan qat’i nazar — bir xildir.

Yahovaning dasturxonidagi taom

Oshxonalar (8) qadimda xalq ma’badga olib kelgan ayrim qurbonliklarni yeyishi mumkin bo‘lganini va ular Yahova bilan birga taom tanovul qilganini eslatardi. Bu hozirgi kunda masihiylar topinayotgan ramziy ma’baddan farq qiladi, chunki allaqachon «bitta... qurbonlik» keltirilgan. (Ibron. 10:12) Biz hamd-u sano qurbonligini keltiryapmiz. (Ibron. 13:15)

Ilohiy kafolat

Vahiydagi barcha o‘lchamlar batafsil ekani sizni esankiratib qo‘yishi mumkin. Ammo ular muhim fikrni — o‘sha aniq va o‘zgarmas o‘lchamlar singari Yahovaning pok topinishni tiklash qarori qat’iy va muqarrar ekanining kafolati ekanini ochib bermoqda. Garchi Hizqiyo o‘z vahiysida biror-bir insonni ko‘rgani haqida aytib o‘tmagan bo‘lsa-da, u Yahovaning ruhoniylarga, yo‘lboshchilarga va xalqqa bergan jiddiy maslahatini qalamga olgan. Xudoning barcha xizmatchilari Uning adolatli me’yorlariga rioya qilishlari shart.