Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

16B RAMKASI

Oh-nola qilish, belgi qo‘yish, qirib tashlash.Qachon va qanday?

Oh-nola qilish, belgi qo‘yish, qirib tashlash.Qachon va qanday?

Hizqiyo 9-bobda yozilgan vahiy hozirgi kunda ham amalga oshyapti. Voqealar qanday rivoj topishi borasidagi tushunchamiz zamonaning oxirini dadillik bilan qarshi olishga yordam beradi

«Oh-nola qilish»

QACHON? Oxirzamon paytida, buyuk musibatdan oldin

QANDAY? Samimiy kishilar so‘zlari va ishlari bilan bu dunyoning yovuzliklaridan nafratlanishini ko‘rsatishadi. Ular va’zgo‘ylik faoliyatiga to‘g‘ri munosabat ko‘rsatishadi, Masihniki kabi shaxsiyatni kiyib olishni davom ettirishadi, Yahovaga bag‘ishlanish ramzi sifatida suvga cho‘mishadi va Masihning birodarlarini sadoqat ila qo‘llab-quvvatlashadi

«Belgi qo‘yish»

QACHON? Buyuk musibat paytida

QANDAY? Kotiblik asbobi bor kishi barcha xalqlarning Hakami hisoblangan va o‘z ulug‘vorligida keladigan Iso Masihni bildiradi. Buyuk olomonga yaxshi hukm chiqariladi, ya’ni ular qo‘ylar sifatida belgi oladi va bu ular Armageddondan omon qolishini anglatadi

«Qirib tashlash»

QACHON? Armageddonda

QANDAY? Iso Masih va samoviy qo‘shini, ya’ni muqaddas farishtalar va u bilan shohlik qiladigan 144 000 kishi yovuz dunyoni tag-tomiri bilan yo‘q qilishadi va pok tarzda topinuvchilarni adolatli yangi dunyoga olib kirishadi