Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

4A RAMKASI

«Tirik mavjudotlarga qarab turganimda»

«Tirik mavjudotlarga qarab turganimda»

Hizqiyo saroy va ibodatxonalarning oldida qo‘riqchilar sifatida turgan kallasi insonniki, tanasi esa buqaniki bo‘lgan qanotli haybatli haykallarni ko‘rgani shubhasiz. Bunday haykallar qadimgi Ossuriya va Bobil yurtlari bo‘ylab topilgan. Boshqalar kabi Hizqiyo ham ba’zilarining balandligi taxminan 6 metr bo‘lgan o‘sha bahaybat haykallarni ko‘rib lol qolgan bo‘lishi mumkin. Lekin ular qanchalar haybatli bo‘lmasin, toshdan o‘yilgani tufayli baribir jonsiz edi.

Hizqiyo vahiyda ko‘rgan to‘rtta mavjudot esa «tirik» edi. Juda katta farq, shunday emasmi?! Hizqiyoning ko‘rganlari unga shunchalik qattiq ta’sir qilganidan «tirik mavjudotlar» iborasi u ko‘rgan vahiyning kirish so‘zlarida 10-martadan ko‘proq uchraydi. (Hiz. 1:5–22) Xudoning taxti ostida bir vaqtning o‘zida uyg‘un harakat qilgan to‘rtta mavjudotni ko‘rib, Hizqiyo bor mavjudotlar butkul Yahovaning nazorati ostida ekanidan qattiq ta’sirlangan bo‘lsa kerak. Bugungi kunda ham ushbu yorqin vahiy tufayli Yahovaning buyukligi, kuch-qudrati va hukmdorligining ulug‘vorligini ko‘rib ta’sirlanamiz. (1 Sol. 29:11)