13A RAMKASI
Turli ma’badlar, turli saboqlar
Hizqiyoning vahiysidagi ma’bad:
-
Hizqiyo tomonidan Bobilda surgunda bo‘lgan yahudiylarga tasvirlab berilgan
-
Ko‘p qurbonliklar keltirilgan qurbongohi bo‘lgan
-
Topinish uchun Yahovaning adolatli me’yorlariga urg‘u bergan
-
Diqqatimizni 1919-yili boshlangan ma’naviy tiklanishga qaratadi
Buyuk ramziy ma’bad:
-
Ibroniy masihiylarga qarata Pavlus tomonidan ta’riflangan
-
Qurbongohi bo‘lgan, unda faqatgina bir marta «birato‘la» qurbonlik keltirilgan (Ibron. 10:10)
-
Muqaddas chodir va ma’badlarni bildiradigan ma’naviy tuzumga — Isoning to‘lov qurbonligiga asoslangan Yahovaning pok topinish uchun uyushtirgan tadbiriga ishora qiladi
-
Diqqatimizni mil. 29–33-yillar davomida eng buyuk Oliy ruhoniy bo‘lmish Masih amalga oshirgan ishga qaratadi