Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

18A RAMKASI

Yahovaning yaqinlashib kelayotgan buyuk jang haqidagi ogohlantirishlari

Yahovaning yaqinlashib kelayotgan buyuk jang haqidagi ogohlantirishlari

Muqaddas Kitobda Yahova Unga va xalqiga qarshilik qilayotgan barchani yo‘q qilib yuboradigan yakuniy jang haqida ogohlantiruvchi ko‘plab bashoratlar bor. Quyida bu bashoratlardan ayrimlari keltirilgan. Ushbu ogohlantirishlar o‘rtasidagi o‘xshashliklarga hamda Yahova butun insoniyat ularni eshitib, shunga muvofiq yo‘l tutish imkoniga ega bo‘lishi uchun g‘amxo‘rlik qilganiga diqqat qarating.

QADIMGI ISROIL DAVRIDA

HIZQIYO: «“Barcha tog‘larimda Go‘gga qarshi qilich yuboraman”,— demoqda Oliy Hukmdor Yahova». (Hiz. 38:18–23)

YEREMIYO: «[Yahova] hamma odamlar bilan shaxsan da’volashadi. Yovuz insonni qilichdan o‘tkazadi». (Yerm. 25:31–33)

DONIYOR: «Samodagi Xudo... shohlik o‘rnatadi. Bu shohlik... barcha bu shohliklarni yo‘q qiladi». (Don. 2:44)

MILODIY BIRINCHI ASRDA

ISO: «O‘shanda shunaqangi buyuk musibat bo‘ladiki, dunyo paydo bo‘lganidan beri bunaqasi hali bo‘lmagan». (Mat. 24:21, 22)

PAVLUS: «Iso o‘zining qudratli farishtalari bilan... Xudoni tanimaganlardan... o‘ch oladi». (2 Salon. 1:6–9)

BUTRUS: «Yahovaning kuni xuddi o‘g‘riday keladi. [...] Yer va undagi ishlar oshkor bo‘ladi». (2 Butr. 3:10)

YUHANNO: «[Isoning] og‘zidan xalqlarni nobud qilish uchun uzun o‘tkir qilich chiqib turardi». (Vah. 19:11–18)

BIZNING DAVRIMIZDA

Muqaddas Kitob doim eng ko‘p tillarga tarjima qilingan va keng tarqalgan kitob bo‘lib kelgan

YAHOVANING ZAMONAVIY XIZMATCHILARI...

  • Yuzlab tillardagi Muqaddas Kitobga asoslangan adabiyotlarni milliardlab nusxada tarqatmoqda

  • Yiliga yuzlab million soatni va’zgo‘ylik xizmatiga sarflamoqda