21A RAMKASI
«Yerni xayr-ehson sifatida ajratinglar»
Hizqiyo Yahova ajratib qo‘ygan yerni diqqat bilan ko‘zdan kechirar ekan, keling, unga hamroh bo‘lamiz. U beshta qismdan iborat. Bu qanday qismlar ekan? Ular qay maqsadga xizmat qilgan?
«Xayr-ehson» qilingan yer
Ma’muriy maqsadda foydalanish uchun yer.
«Butun xayr-ehson qilingan yer»
Bu yer ruhoniylar, levilar va shahar uchun ajratilgan edi. Shuningdek, bu yerga 12 ta qabiladan bo‘lgan odamlar Yahovaga topinish va boshqaruv tadbirlarini qo‘llab-quvvatlash uchun kira olardi.
«Yo‘lboshchining ulushi»
«Bu yer yo‘lboshchining Isroildagi mulki bo‘ladi». «Yer yo‘lboshchiga tegishli bo‘ladi».
«Muqaddas xayr-ehson»
Bu hudud «muqaddas ulush» deb ham atalgan. Yuqoridagi qismi «levilar uchun» mo‘ljallangandi va u «muqaddas» edi. O‘rtadagi qismi esa «ruhoniylar uchun muqaddas xayr-ehson» edi. Bu «yerda ruhoniylarning uylari va muqaddas maskan» yoki ma’bad joylashgandi.
«Qolgan yer»
«U butun Isroil xonadoniga tegishli bo‘ladi» va «undan uylar qurish va yaylov uchun foydalaniladi».