Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

20A RAMKASI

Yurtning taqsimlanishi

Yurtning taqsimlanishi

Aniq belgilangan chegaralar tasvirlab berilgani surgunda bo‘lganlarni sevimli yurti albatta tiklanishiga ishontirgan. Biz bu vahiydan qanday saboqlar olishimiz mumkin? Keling, vahiyning ikkita qirrasiga diqqat qaratamiz.

Xavfsiz joy va muhim topshiriq

Va’da qilingan yurt tiklanganida surgundan qaytgan har bir kishi unda ulushga ega bo‘lardi. Shu singari, hozir ham ma’naviy jannatda Yahovaning barcha xizmatchilari uchun joy bor. Tashkilotda bajarayotgan vazifamiz qanchalik kichik bo‘lmasin, ma’naviy yurtda xavfsiz joyimiz bor va muhim topshiriqni bajaramiz. Yahova barcha xizmatchilarini birdek qadrlaydi.

Teng ulushlar

Hizqiyoning vahiysida va’da qilingan yurt tiklanganida, uning har bir hududidagi odamlar undagi ne’matlarga birday ega bo‘la olardi. Hozirda ham Yahovaning barcha xizmatchilari ma’naviy jannatdagi barakalarga birday erishishi mumkin.