Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

UCHINCHI BO‘LIM

«Sizlarni... yig‘ib olganimda» — Pok topinish tiklanishi va’da qilindi

«Sizlarni... yig‘ib olganimda» — Pok topinish tiklanishi va’da qilindi

HIZQIYO 20:41

BU BO‘LIMDA: Hizqiyo tiklanish haqidagi bashoratlarni aytadi

Isroil xalqi tarqoq holda. Uning birligiga murtadlik putur yetkazdi. U qilmishlarining oqibatlaridan azob chekyapti; u pok topinishni bulg‘ab, Xudoning ismiga dog‘ tushirdi. Bunday yomon ahvolga qaramay, Yahova Hizqiyoni umid baxsh etuvchi bir qator bashoratlarni aytishga undadi. Ta’sirli misollar va ehtirom hissini uyg‘otadigan vahiylar orqali Yahova nafaqat surgunda bo‘lgan isroilliklarga, balki pok topinish tiklanishini kutayotgan barchaga dalda beradi.

USHBU BOʻLIMDA

8-BOB

«Ularning ustidan bir cho‘ponni... qo‘yaman»

Xudo Hizqiyoni kelajakda pok topinishni abadiy tiklaydigan va Uning qo‘ylariga mehr ila g‘amxo‘rlik qiladigan bo‘lajak Boshqaruvchi va Cho‘pon, ya’ni Masih haqidagi bashoratni yozishga ilhomlantiradi.

9-BOB

«Ularni yakdil qilaman»

Bobilda asirlikda bo‘lgan yahudiylarga berilgan bashoratlarning biz uchun ahamiyati bormi?

10-BOB

«Tirilasizlar»

Hizqiyo qurigan suyaklarga to‘la vodiy haqida vahiy ko‘radi. Suyaklar tiriladi. Bu nimani anglatadi?

11-BOB

«Seni... qo‘riqchi qilib tayinladim»

Qo‘riqchining qanday vazifasi va mas’uliyatlari bor? U qanday ogohlantirishni e’lon qilyapti?

12-BOB

«Ularni bir xalq qilaman»

Yahova xalqini birlashtirishni va’da qilmoqda.

13-BOB

«Ma’badni tasvirlab ber»

Hizqiyoning ma’bad haqidagi vahiysining ma’nosi qanaqa?

14-BOB

«Bu, ma’bad bilan bog‘liq qonundir»

Hizqiyoning ma’bad haqidagi vahiysidan surgunda bo‘lgan yahudiylar qanday amaliy saboqlar olgan bo‘lishi mumkin? Bugungi kunda ushbu vahiydan qanday amaliy saboqlar olishimiz mumkin?