Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

8-QISM

Hazrati Isoning o‘limi siz uchun qanday ahamiyatga ega?

Hazrati Isoning o‘limi siz uchun qanday ahamiyatga ega?

Iso alayhissalomning o‘limi tufayli biz yashashimiz mumkin. Yuhanno 3:16

Isoning o‘limidan uch kun o‘tib, ba’zi ayollar uning qabriga borishdi va qabr bo‘m-bo‘sh ekanini ko‘rishdi. Tangri Yahova Isoni tiriltirgan edi.

Iso keyinroq havoriylari bo‘lmish do‘stlariga ko‘rindi.

Ha, Yahova Hazrati Isoni qudratli, o‘lmas ruhiy mavjudot qilib tiriltirdi. Isoning shogirdlari u osmonga ko‘tarilganini ko‘rishdi.

Alloh Iso alayhissalomni tiriltirib, O‘z Shohligida Shoh qilib tayinladi. Doniyor 7:13, 14

U o‘z hayotini odamzod uchun to‘lov sifatida berdi. (Matto 20:28) Ana shu to‘lov tufayli Alloh bizga abadiy yashash imkonini berdi.

Xudovand Yahova Isoni yer yuzi ustidan Shoh qilib tayinladi. U bilan birga yana 144 000 kishi boshqaradi. Ular osmonda yashash uchun tiriltirilgan sadoqatli kishilardir. Iso va 144 000 kishidan tashkil topgan adolatli samoviy hukumat Xudoning Shohligidir. (Vahiy 14:1–3).

Xudoning Shohligi yerni jannatga aylantiradi. Urush, jinoyat, qashshoqlik va ochlik boshqa bo‘lmaydi. Odamlar chinakam baxtga erishadi. (Zabur 145:16).