Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

9-QISM

Jannat qachon bo‘ladi?

Jannat qachon bo‘ladi?

Yer yuzidagi ko‘ngilsizliklar, yaqinda Xudoning Shohligi kelishidan dalolat beryapti. Luqo 21:10, 11; 2 Timo‘tiyga 3:1–5

Bugun sodir bo‘layotgan ko‘p voqealar Muqaddas Kitobda bashorat qilingan. Unda odamlar pulparast, ota-onaga itoatsiz, shafqatsiz va o‘yin-kulgini yaxshi ko‘radigan bo‘lishi haqida aytilgan.

Kuchli zilzilalar, urushlar, oziq-ovqat yetishmovchiligi bo‘ladi va kasalliklar keng tarqaladi. Bularning bari hozir yuz beryapti.

Shuningdek, Hazrati Iso aytgan ediki, Xudoning Shohligi to‘g‘risidagi xushxabar butun dunyo bo‘ylab va’z qilinadi. (Matto 24:14).

Xudoning Shohligi barcha yovuzlikni bartaraf qiladi. 2 Butrus 3:13

Yaqinda Tangri Yahova barcha yovuzlarni yo‘q qiladi.

Shayton va jinlar ham jazolanishadi.

Xudoga quloq solganlar omon qolib, yangi dunyoda yashaydi. O‘shanda qo‘rquv bo‘lmaydi, dunyo bir-biriga ishonadigan va bir-birini sevadigan odamlarga to‘ladi.