Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

3-QISM

Jannatda hayot qanaqa bo‘lgan?

Jannatda hayot qanaqa bo‘lgan?

Alloh Yahova Odamato bilan Momohavoga ko‘pgina yaxshi narsalar bergan edi. Ibtido 1:28

Tangri Yahova birinchi ayolni — Momohavoni yaratib, uni Odamatoga xotin qilib bergan edi (Ibtido 2:21, 22).

Xudovand Yahova ularni mukammal ong va tanaga ega qilib yaratgani sababli ularda kamchilik bo‘lmagan.

Ular yashagan joy — Adan bog‘i juda chiroyli bo‘lib, u yerda daryolar, mevali daraxtlar va hayvonlar bor edi.

Tangri Yahova ular bilan gaplashar, ularga ta’lim berardi. Agar ular Xudoga quloq solishganida, yer yuzidagi Jannatda abadiy yashashlari mumkin edi.

Alloh daraxtlarning biridan yemaslikni aytgandi. Ibtido 2:16, 17

Tangri Yahova Odamato bilan Momohavoga bog‘dagi bir mevali daraxtni ko‘rsatib, agar undan yeyishsa o‘lishlarini aytdi.

Farishtalardan biri Xudoga qarshi isyon qildi. O‘sha yovuz farishta — Iblis Shaytondir.

Shayton Odamato bilan Momohavoning Yahovaga quloq solishlarini xohlamasdi. Shu bois, u ilondan foydalanib Momohavoga gapirdi. Shayton aytdiki, agar Momohavo o‘sha daraxtning mevasidan yesa o‘lmaydi, aksincha, Xudo kabi bo‘lib qoladi. Shubhasiz, bu gap yolg‘on edi. (Ibtido 3:1–5).