Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

10-QISM

Xudoga quloq solgan kishilarni qanday barakalar kutyapti?

Xudoga quloq solgan kishilarni qanday barakalar kutyapti?

O‘lganlarning ko‘pi yer yuzida yashash uchun tiriladi. Havoriylar 24:15

Agar Alloh Yahovaga quloq solsangiz, kelajakda qanday barakalarga ega bo‘lishingizni bir tasavvur qiling! Siz mukammal sog‘likka ega bo‘lasiz; hech bir inson kasal yoki zaif bo‘lmaydi. O‘shanda yomon odamlar bo‘lmaydi va siz bemalol hammaga ishonasiz.

Shuningdek, og‘riq, qayg‘u va ko‘z yoshlar ham bo‘lmaydi. Hech kim qarib o‘lmaydi.

Atrofingizda do‘stlaringiz va oila a’zolaringiz bo‘ladi. Jannatda maza qilib yashaysiz.

U yerda hech narsadan qo‘rqmaysiz. Odamlar chindan ham baxtli bo‘ladi.

Xudoning Shohligi barcha azob-uqubatlarga chek qo‘yadi. Vahiy 21:3, 4