Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

14-QISM

Tangri Yahovaga sadoqatingizni qanday ko‘rsata olasiz?

Tangri Yahovaga sadoqatingizni qanday ko‘rsata olasiz?

Allohning tarafini egallang. 1 Butrus 5:6–9

Muqaddas Kitobga mos kelmaydigan har qanday urf-odatlarda ishtirok etishdan yiroqlashing. Bunday yo‘l tutish uchun jasorat talab etiladi.

Davlatning siyosiy ishlariga aralashmang; biz faqat Tangri Yahovani va Uning Shohligini qo‘llab-quvvatlaymiz

To‘g‘ri tanlov qiling — Xudoga quloq soling. Matto 7:24, 25

Yahovaning Shohidlari bilan muloqot qiling; ular sizga Xudo to‘g‘risida aniq bilim olishga ko‘maklashishadi.

Tangri haqida bilim olishda davom etib, amrlarini bajarishga harakat qiling.

Imoningiz kuchaygani sayin, hayotingizni Xudovand Yahovaga bag‘ishlab, suvga cho‘mishga qaror qilishingiz mumkin. (Matto 28:19).

Allohga quloq soling. Muqaddas Kitobni o‘qing va uni tushunish uchun Yahovaning Shohidlaridan yordam so‘rang. Keyin esa, o‘rganganingizni amalda qo‘llang. Shunday qilsangiz, mangu yashaysiz. (Zabur 37:29)