42- BOB
Nima uchun mehnat qilishimiz lozim?
SIZGA ko‘proq nima yoqadi: mehnat qilishmi yoki o‘yin o‘ynashmi? ~ O‘yin o‘ynashning hech yomon joyi yo‘q. Muqaddas Kitobda aytilishicha, Quddus ko‘chalari o‘ynab yurgan o‘g‘il-qizlarga to‘la bo‘lgan (Zakariyo 8:5).
Ulug‘ Ustozimizga bolalarning o‘ynashini kuzatish yoqardi. Yer yuziga kelishidan avval u shunday degan: «Men uning [Xudoning] yonida musavvir edim; qoshida kundan-kunga zavqlanib, doimo quvonardim». E’tibor bergan bo‘lsangiz, Iso osmonda bo‘lganida, Yahova bilan birga mehnat qilgan ekan. Iso davom etib: «Uning yerida odamzod bilan xursand bo‘lardim»,— deb aytgan. Ha, bilib olganimizdek, Ulug‘ Ustozimiz har bir insonga, shu qatorda bolalarga ham samimiy qiziqish ko‘rsatgan (Hikmatlar 8:30, 31).
Qiziq, Iso qanday duradgor bo‘lgan ekan? ~ Agar u osmonda mehnat qilgan bo‘lsa, demak yerda ham mahoratli duradgor bo‘la olgan, shunday emasmi? ~ O‘sha paytlarda duradgorlik qilish oson ish bo‘lmagan. Ehtimol, Iso o‘zi o‘rmonga borib, daraxt kesishi va uni bo‘lak-bo‘lak qilib arralashi, keyin esa uyiga
olib kelishi kerak bo‘lgan. Shundan so‘nggina u xontaxta, kursi va boshqa narsalar yasagan.Isoga bu ish yoqarmidi, nima deb o‘ylaysiz? ~ Agar siz ham odamlar uchun chiroyli xontaxta, o‘rindiq va boshqa narsalar yasay olsangiz, xursand bo‘larmidingiz? ~ Muqaddas Kitobda inson «o‘z qilgan mehnatidan rohatlanishi» yaxshidir, deb aytilgan. Biz o‘yin o‘ynashdan ko‘ra, mehnat qilishdan ko‘proq zavq olamiz (Voiz 3:22).
Mehnat qilish aqlimiz uchun ham, badanimiz uchun ham foydalidir. Ko‘p bolalar faqat televizor ko‘rishadi yoki video o‘yinlar o‘ynashadi. Bunday bolalar tez semirib, jismonan zaif bo‘lib qolishadi. Ularni chindan ham baxtli deb aytolmaymiz. Bunday bolalar boshqalarni ham baxtli qila olishmaydi. Baxtli bo‘lish uchun nima qilishimiz kerak? ~
Ushbu kitobning 17- bobidan, boshqalarga yordam berib, baxtiyorlikni his qilishimiz mumkinligi haqida bilib olgandik (Havoriylar 20:35). Muqaddas Kitobda Yahova «baxtiyor Xudo», deb nomlangan (1 Timo‘tiyga 1:11). Hikmatlar kitobida Iso «Uning yonida doimo quvongani» haqida o‘qiymiz. Iso nima uchun baxtli bo‘lgan? ~ U buning sabablaridan birini aytib, shunday degan: «Otam hanuzgacha mehnat qilib kelyapti, men ham mehnat qilyapman» (Yuhanno 5:17).
Iso yer yuzida bo‘lganida, bir umr duradgor bo‘lib ishlamagan. Tangri Yahova unga yer yuzida bajarishi uchun o‘zgacha bir ish bergan. Bilasizmi, bu qanday ish bo‘lgan? ~ Iso shunday deb aytgan: «Xudoning Shohligi to‘g‘risidagi xabarni va’z qilishim kerak. Axir men shuning uchun yuborilganman» (Luqo 4:43). Iso odamlarga va’z qilganida, ba’zilari unga ishonishgan va mana bu rasmdagi samariyalik ayol kabi, uning so‘zlarini boshqalarga yetkazishgan (Yuhanno 4:7–15, 27–30).
Isoning va’z qilishga munosabati qanday edi? Nima deb o‘ylaysiz, unga bu ish yoqarmidi? ~ Iso shunday degan: «Mening ovqatim, meni Yuborganning irodasini bajarish va Uning ishini yakuniga Yuhanno 4:34). Siz sevimli ovqatingizni yeganingizda, qanchalik quvonasiz? ~ Bu, Iso Otasi bergan ishni qanchalar yaxshi ko‘rganini tushunishimizga yordam beradi.
yetkazishdir» (Biz mehnatga o‘rganganimiz sari baxtli bo‘lamiz, chunki Xudo bizni shunday yaratgan. Uning aytishicha, «insonga o‘z qilgan mehnatidan mamnun bo‘lish», Xudoning in’omidir. Shuning uchun yoshligingizdanoq mehnat qilishga o‘rgansangiz, butun umringiz bo‘yi rohatlanib yashaysiz (Voiz 5:19).
Tabiiyki, bolalar kattalarning ishini eplay olishmaydi. Ammo hammamiz ba’zi ishlarni qila olamiz. Dadangiz va ehtimol oyingiz ham har kun ishga borishadi. Axir, to‘yib ovqat yeyishingiz va uyda yashashingiz uchun pul topish kerak-da. Bundan tashqari, o‘zingiz ham bilasizki, uyni toza va shinam tutish uchun ko‘p ishlarni qilish kerak.
Siz ham oilangizga foyda keltirish uchun qanday ish qila olasiz? ~ Masalan, dasturxon tuzash, idishlarni yuvish, axlatni olib chiqish, xonangizni yig‘ishtirish, o‘yinchoqlaringizni joy-joyiga qo‘yishingiz mumkin. Balki, bu ishlardan ayrimlarini qilayotgandirsiz ham. Bu bilan oilangizga katta yordam beryapsiz.
Keling, endi qilayotgan bu ishingizning foydasini ko‘rib chiqamiz. O‘yinchoqlarni o‘ynab bo‘lganingizdan so‘ng, ularni joyiga qo‘yish kerak. Bu nima uchun muhim? ~ Shunday yo‘l tutib, uyingizni saranjom-sarishta saqlaysiz. Shuningdek, baxtsiz hodisaning oldini olgan bo‘lasiz. Ammo o‘yinchoqlarni joyiga olib qo‘ymasangiz, nima bo‘lishini tasavvur qilish mumkin. Oyingiz xonaga kirganda, qo‘llari band bo‘lsa, o‘yinchoqlarga qoqilib, yiqilib, shikastlanishi mumkin. Shunda uni shifoxonaga olib borishga to‘g‘ri kelar. Qanday dahshat-a, to‘g‘rimi? ~ O‘yinchoqlarni joy-joyiga yig‘ishtirib qo‘yish qanchalik muhim ekanini endi tushungandirsiz.
Bolalar qilishi kerak bo‘lgan yana boshqa ishlar ham bor. Misol uchun, maktabda berilgan uy vazifalarini qilish. Siz maktabda o‘qishni
o‘rganasiz. Ba’zi bolalarga o‘qish yoqadi, lekin ayrimlari buni juda qiyin, deb hisoblashadi. Avvaliga bu qiyin bo‘lib ko‘rinsa-da, yaxshi o‘qishni o‘rganib olganingizdan keyin xursand bo‘lasiz. Bir o‘ylab ko‘ring: siz o‘qishni o‘rganganingiz tufayli, ko‘p qiziqarli narsalarni bilib olasiz. Hatto o‘zingiz Xudoning Kalomini, ya’ni Muqaddas Kitobni o‘qiy olasiz. Shuning uchun, maktabda yaxshi o‘qisangiz ko‘p foyda ko‘rasiz, shunday emasmi? ~Biroq, ayrim odamlar o‘zlarini ish qilishdan olib qochishadi. Siz bunday odamlarni bilsangiz kerak. Xudo bizlarni mehnat qilishimiz uchun yaratgan ekan, biz mehnatdan rohatlanishni o‘rganishimiz kerak. Ulug‘ Ustozimiz o‘z ishini qanchalik yaxshi ko‘rgan? ~ U uchun bu xuddi sevimli ovqat kabi edi. U o‘zi qanday ish qilgan? ~ U boshqalarga Tangri Yahova haqida va abadiy hayotga qanday erishish mumkinligi to‘g‘risida aytib berardi.
Mehnatdan rohat olishimizga nima yordam beradi? O‘zingizdan: «Nima uchun bu ishni bajarishim kerak?» — deb so‘rang. Zero ishning muhimligini bilsangiz, uni bajarish yengilroq bo‘ladi. Berilgan ish qanday bo‘lishidan qat’i nazar, kattami yo kichikmi, uni sidqidildan bajaring. Shunday yo‘l tutsangiz, Ulug‘ Ustozimiz kabi, qilgan mehnatingizdan rohatlanasiz.
Muqaddas Kitob mehnatsevar bo‘lishingizga ko‘maklashadi. Marhamat qilib, Hikmatlar 10:4; 22:29; Voiz 3:12, 13 va Kolosaliklarga 3:23- oyatlarida nima yozilganini o‘qing.