Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

2-DARS

Alloh — eng yaxshi Do‘st

Alloh — eng yaxshi Do‘st

Xudoning do‘sti bo‘lish, bu eng yaxshi tilak. Alloh sizga baxtli bo‘lishni va g‘am-tashvishsiz yashashni o‘rgatadi. U sizni soxta ta’limotlardan va zararli mashg‘ulotlardan ozod etadi. Tangri Taolo ibodatlaringizni tinglaydi. U sizga xotirjamlik va ishonch ato etadi (Zabur 70:5; 72:28). Xudovand sizni og‘ir kunlarda qo‘llab-quvvatlaydi (Zabur 17:19). U sizga abadiy hayot in’omini taklif qilmoqda (Rimliklarga 6:23).

Xudoga yaqinlashayotib, Uning do‘stlariga yaqinlashasiz. Ular ham sizning do‘stingiz bo‘lishadi. Ular hatto sizga aka-uka va opa-singil kabi bo‘lib qolishadi. Ular bajonidil sizga Alloh haqida o‘rgatishadi, yordam berishadi va qo‘llab-quvvatlashadi.

Biz Xudoga teng kela olmaymiz. Tangri Taolo bilan do‘st bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, muhim bir narsani tushunib olishingiz kerak. Xudo bilan do‘stlik, bu tengdosh bilan do‘st bo‘lish emas. Chunki U bizdan ancha katta, dono va qudratlidir. U bizning Hukmdorimizdir. Shuning uchun Alloh bilan do‘st bo‘lishni istasak, Unga quloq solishimiz va aytganlarini bajarishimiz lozim. Bu esa biz uchun katta foyda keltiradi (Ishayo 48:18; 1 Yuhanno 5:3).