10-DARS
Haq dinni qanday topish mumkin
Xudoning do‘sti bo‘lishni istasangiz, Alloh ma’qul deb bilgan dinda bo‘lishingiz kerak. Iso alayhissalom «haqiqiy topinuvchilar» Xudoga «haqiqat bilan» topinishadi deb, aytgan (Yuhanno 4:23, 24). Allohga xaqiqat bilan topinishning faqat bitta usuli bor (Efesliklarga 4:4-6). Haq din abadiy hayotga, soxta din esa halokatga olib boradi (Matto 7:13, 14).
Haq dinni, unda bo‘lgan odamlarni kuzatib, aniqlash mumkin. Yahova Taolo mehribon Xudo ekan, Uning xizmatchilari ham mehribon bo‘lishlari lozim. Yaxshi anjir daraxti yaxshi hosil berganiday, haq dinning hosili ham yaxshi insonlardir (Matto 7:15-20).
Yahovaning do‘stlari Muqaddas Kitobni qadrlashadi. Ular bu kitob Xudodan ekanligini tan olishadi. Ular bu kitobda yozilgan yo‘l-yo‘riqqa amal qilib, muammolarni hal etishadi va Xudo haqida bilim orttirishadi (2 Timo‘tiyga 3:16). Ular qanday va’z qilishsa, shunga muvofiq yo‘l tutishadi.
Yahovaning do‘stlari bir-birlarini sevishadi. Iso payg‘ambar odamlarni Xudo haqida o‘rgatib va kasallarni sog‘aytirib, sevgisini namoyon etgan. Shu singari, haq dinda bo‘lganlar ham bir-birlarini sevishadi. Iso alayhissalom kabi, ular kambag‘allarga yoki boshqa millatdagi insonlarga past nazar bilan qarashmaydi. Iso aytganidek, odamlar uning shogirdlarini bir-biriga muhabbat ko‘rsatishidan bilib olishadi (Allohning do‘stlari Uning ismini ulug‘lashadi. Agar kimdir ismingizni aytib chaqirishni rad etsa, u yaqin do‘stingiz bo‘la oladimi? Yo‘q! Bordiyu do‘stimiz bo‘lsa, uni ismini aytib chaqiramiz va u haqda boshqalarga yaxshi narsalarni gapiramiz. Xuddi shunday, kimki Xudoning do‘sti bo‘lmoqchi bo‘lsa, Uning ismini aytib chaqirishi va U haqda boshqalarga gapirishi kerak. Yahova Taolo biz shunday yo‘l tutishimizni istaydi (Matto 6:9; Rimliklarga 10:13, 14).
Iso payg‘ambar singari, Allohning do‘stlari ham insonlarga Xudoning Shohligi haqida va’z qilishadi. Xudoning Shohligi — bu yer yuzini jannatga aylantiradigan osmondagi hukumatdir. Allohning do‘stlari Xudo Shohligi to‘g‘risidagi xushxabarni hammaga yetkazishyapti (Matto 24:14).
Yahovaning Shohidlari Xudoning do‘sti bo‘lishga harakat qilishadi. Ular Muqaddas Kitobni qadrlashadi va bir-birlarini sevishadi. Boz ustiga, ular Xudoning ismini ulug‘lashadi va Uning Shohligi to‘g‘risida va’z qilishadi. Bugun Yahovaning Shohidlari haq dinga e’tiqod qilishmoqda.