6-DARS
Jannat yaqin!
Yer yuzida sodir bo‘layotgan yovuzliklar, Jannat yaqinligidan dalolat bermoqda. Muqaddas Kitob, Jannat kelishidan avval, mashaqqatli kunlar bo‘lishi haqda bashorat qilgan. Biz aynan shu vaqtda yashayapmiz! O‘sha bashoratlardan ayrimlari quyidagilardir:
Jahon urushlari. «Xalq xalqqa qarshi, podshohlik podshohlikka qarshi ko‘tariladi» (Matto 24:7). Bu bashorat bajarildi. 1914 yildan buyon ikkita jahon urushi va kichik miqyosdagi ko‘pdan-ko‘p boshqa urushlar bo‘ldi. Bu urushlarda millionlab odamlar halok bo‘ldi.
Kasalliklarning tarqalishi. «Ayrim joylarda... o‘latlar bo‘ladi»,— deb bashorat qilingan edi (Luqo 21:11). Bu so‘zlar bajo bo‘ldimi? Ha. Saraton, yurak kasalliklari, sil kasalligi, bezgak, OITS va boshqa xastaliklar millionlab odamlarning yostig‘ini qurutdi.
Oziq-ovqatning yetishmasligi. Butun dunyoda ovqatga zor bo‘lgan odamlar bor. Har yili millionlab odamlar ochlikdan o‘lib ketishyapti. Bu, Jannat yaqinligining yana bir belgisidir. Injilda oziq-ovqat yetishmasligi aytilgan (Mark 13:8).
Matto 24:7). Bu ham bizning davrimizda yuz berdi. 1914 yildan buyon milliondan ortiq odamlar zilzilalarda halok bo‘lishdi.
Zilzilalar. «Ayrim joylarda... zilzilalar bo‘ladi» (Yovuz odamlar. Odamlar «nafs bandasi, pulparast» bo‘lishadi. Ular «Xudodan ko‘ra aysh-ishratni ko‘proq sevadilar». Bolalar «ota-onaga itoatsiz» bo‘ladilar (2 Timo‘tiyga 3:1-5). Hozir ko‘p odamlar xuddi shunaqa ekanligiga qo‘shilasizmi? Ular Allohni hurmat qilishmaydi, Xudo haqida bilmoqchi bo‘lganlarga esa to‘sqinlik qilishadi.
Jinoyatchilik. Shuningdek, «yovuzlik avjga chiqadi» (Matto 24:12). Bugungi kunda, oldingidan ko‘ra jinoyatchilik ko‘payib ketganining guvohi bo‘layotgandirsiz. Insonlar har yoqda o‘g‘rilik, yolg‘on va boshqa yovuzliklarning qurboni bo‘lishyapti.
Bularning barchasi Xudoning Shohligi yaqinligidan dalolat beryapti. Injilda: «Boyagi ishlarning sodir bo‘layotganini ko‘rganingizda bilingki, Xudoning Shohligi juda yaqindir»,— deb aytilgan (Luqo 21:31). Xudoning Shohligi o‘zi nima? Bu, Xudoning osmondagi hukumati bo‘lib, yer yuzida Jannat o‘rnatadi. Xudoning Shohligi, insoniy hukumatlarning o‘rnini bosadi (Doniyor 2:44).