Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

7-DARS

O‘tmish saboqlari

O‘tmish saboqlari

Yovuz insonlar Jannatni barbod qilishlariga Yahova yo‘l qo‘ymaydi. U yerda faqat Allohning do‘stlari yashaydi. Unda yovuz insonlar bilan nima bo‘ladi? Javobini bilish uchun, keling Nuh alayhissalomning tarixini ko‘rib chiqaylik. Nuh alayhissalom ming yillar avval yashagan. U yaxshi inson bo‘lgan va Xudoning irodasini bajarishga bajonidil harakat qilgan. Biroq yer yuzidagi boshqa odamlar yovuz ishlar qilishgan. Shunda Yahova Taolo Nuhga, yer yuzini to‘fon bilan bostirib, barcha yovuz insonlarni yo‘q qilmoqchi ekanligini aytdi. Nuh oilasi bilan qutulib qolishi uchun, Xudo unga kema qurishni buyurdi (Ibtido 6:9-18).

Nuh oilasi bilan kema qurdi. Nuh odamlarni yer yuzini To‘fon bosishi haqida ogohlantirgan edi, lekin ular quloq solmay, yovuzlik qilishni davom ettirardilar. Kema qurib bitirilgandan keyin, Nuh alayhissalom unga hayvonlarni kiritdi, so‘ng o‘zi ham oilasi bilan kirdi. Shunda Yahova Taolo kuchli bo‘ron qo‘zg‘atdi. Qirq kechayu qirq kunduz yomg‘ir yog‘di. Butun yer yuzini suv bosib ketdi (Ibtido 7:7-12).

Yovuz insonlar halok bo‘lishdi, Nuh bilan oilasi esa tirik qolishdi. Yahova ularni To‘fondan saqlab qolib, ularni yovuzlikdan tozalangan yerga chiqardi (Ibtido 7:22, 23). Muqaddas Kitobda aytilishicha, Yahova Taolo to‘g‘ri yo‘l tutishni istamayotgan odamlarni yo‘q qiladigan vaqt yana keladi. Yaxshi odamlar halok bo‘lishmaydi. Ular yer yuzidagi Jannatda abadiy yashashadi (2 Butrus 2:5, 6, 9).

Bugun ko‘p odamlar yovuzlik qilishmoqda. Dunyo qayg‘u-alamga to‘lib-toshgan. Yahova Taolo odamlarni ogohlantirish uchun O‘z xizmatchilarini takror-batakror yuborishiga qaramay, ko‘p insonlar ularni eshitgisi kelmayapti. Ular o‘zgarishni va Allohning talablarini bajarishni istamayaptilar. Bunday odamlar bilan nima bo‘lar ekan? Ular vaqti kelib o‘zgarisharmikan? Ko‘pchilik hech qachon o‘zgarmaydi. Shunday ekan, yovuz odamlar abadiy yo‘q qilinadigan vaqt yaqinlashib kelmoqda (Zabur 91:8).

Yer yo‘q qilinmaydi, u Jannatga aylantiriladi. Xudoning do‘sti bo‘layotganlar, yer yuzidagi Jannatda mangu yashaydilar (Zabur 36:29).