Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

12-DARS

Odam o‘lganda nima sodir bo‘ladi?

Odam o‘lganda nima sodir bo‘ladi?

O‘lim — hayotning qarama-qarshisidir. O‘lim qattiq uyquga o‘xshaydi (Yuhanno 11:11-14). O‘lganlar na eshitishadi, na ko‘rishadi, na gapirishadi, na o‘ylashadi (Voiz 9:5, 10). Soxta din o‘lganlar narigi dunyoga o‘tishadi, deb o‘rgatadi. Muqaddas Kitob esa bunga o‘rgatmaydi.

O‘lganlar bizga yordam ham bera olmaydilar, ziyon ham yetkaza olmaydilar. Ko‘p odamlar o‘lganlarga atab, qurbonliklar keltirishadi va bu bilan bog‘liq urf-odatlarga amal qilishadi. Bunday ishlar Xudoga ma’qul kelmaydi, chunki ular yolg‘onga asoslangan. Bu xatti-harakatlarning o‘lganlarga ham foydasi yo‘q, chunki ular hech narsani sezmaydi. Biz o‘lganlardan qo‘rqmasligimiz va ularga sig‘inmasligimiz lozim. Biz faqatgina Xudoga topinishimiz darkor (Matto 4:10).

O‘lganlar tiriladi. Yahova Taolo o‘lganlarni yer yuzidagi jannatda yashashlari uchun o‘lim uyqusidan uyg‘otadi. Bu vaqt hali kelgani yo‘q (Yuhanno 5:28, 29; Havoriylar 24:15). Qodir Tangri uchun o‘lganlarni tiriltirish, xuddi uyqudan uyg‘otgandek oson kechadi (Mark 5:22, 23, 41, 42).

O‘limdan so‘ng hayot bor degan fikr, Shaytondan kelib chiqqan g‘irt yolg‘on. Shayton va uning jinlari, o‘lganlarning arvohlari odamlarni kasallikka va kulfatlarga duchor qiladi, deb o‘ylashga undaydi. Ba’zida Shayton insonlarni tush va ro‘yolar orqali aldaydi. Yahova Xudo esa o‘lganlar bilan gaplashadigan odamlarni qoralaydi (Amrlar 18:10-12).