Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

16-DARS

Parvardigorni sevishingizni ko‘rsating

Parvardigorni sevishingizni ko‘rsating

Do‘stlikni saqlash uchun, do‘st bilan gaplashib turish lozim. Masalan, siz uni tinglasangiz, u ham sizni tinglaydi. Boshqalarga do‘stingiz haqda faqat yaxshi narsalarni gapirasiz. Alloh bilan do‘stlik haqida ham xuddi shunday deyish mumkin. Bu haqda Muqaddas Kitobda nima deyilganini ko‘rib chiqing:

Yahovaga doimo ibodat qiling. «Toat-ibodatda sabotli bo‘linglar» (Rimliklarga 12:12).

Muqaddas Kitobni o‘qing. «Har bir Muqaddas Yozuv ilohiy ilhom bilan yozilgan bo‘lib, ta’lim berish, dalolat qilish, tuzatish, solihlik yo‘lida tarbiya berish uchun foydalidir» (2 Timo‘tiyga 3:16).

Parvardigor haqida boshqalarga o‘rgating. «Shuning uchun borib, barcha xalqlardan shogird orttiringlar. [...] Men sizlarga buyurgan hamma narsaga amal qilishni ularga o‘rgatinglar» (Matto 28:19, 20).

Allohning do‘stlari bilan do‘stlashing. «Dono bilan yurgan dono bo‘ladi» (Hikmatlar 13:20).

Yig‘ilishlarga qatnang. «Bir-birimizga e’tibor beraylik va muhabbatga, xayrli ishlarga rag‘batlantiraylik. [...] Bir-birimizga yana ko‘proq dalda beraylik» (Ibroniylarga 10:24, 25).

Xudo Shohligining ishi olg‘a bosishiga hissa qo‘shing. «Har kim norozi bo‘lib yoki majburiyat bilan emas, balki ko‘nglida niyat etganini bersin. Chunki Xudo rozi bo‘lib beruvchini sevadi» (2 Korinfliklarga 9:7).