Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

4-DARS

Qanday qilib Alloh haqida ko‘proq bilishingiz mumkin

Qanday qilib Alloh haqida ko‘proq bilishingiz mumkin

Muqaddas Kitobni o‘qib, Yahova haqda ko‘proq bilishingiz mumkin. Qadimda Xudo O‘z fikrlarini yozdirish uchun, ba’zi odamlarni tanlagan edi. Bu yozuvlar Tavrot, Zabur va Injildan iborat bo‘lib, Muqaddas Kitob deb nomlanadi. Bugun biz Alloh haqida shu kitob orqali bilishimiz mumkin. Muqaddas Kitob shuningdek, Xudoning Kalomi, deb ataladi. Muqaddas Kitobda yozilgan so‘zlarga ishonishimiz mumkin, chunki Yahova Taolo hech qachon aldamaydi. Zero U, «yolg‘on gapirmaydigan Xudo» (Ibroniylarga 6:18). Xudoning Kalomi — haqiqatdir (Yuhanno 17:17).

Muqaddas Kitob — Xudo bergan qimmatbaho hadyalardan biridir. Uni, otasi farzandlariga yozgan xat bilan qiyoslash mumkin. Unda Xudoning yer yuzini Jannatga aylantirish to‘g‘risidagi va’dasi yozilgan. U yerda, Xudo xizmatchilari uchun qadimda nima qilgani, hozir nima qilayotgani va kelajakda nima qilishi haqida aytilgan. Shuningdek, bu kitob, muammolarimizni yechishga va haqiqiy baxtni topishga yordam beradi (2 Timo‘tiyga 3:16, 17).

Yahovaning Shohidlari Xudoning do‘stlari bo‘lib, Muqaddas Kitob ta’limotlarini tushunishingizga yordam berishadi. Muqaddas Kitobni o‘rganmoqchi ekaningizni ularga aytsangiz kifoya. Ular tekinga o‘rgatishadi (Matto 10:8). Shuningdek, ularning yig‘ilishlariga kelishingiz mumkin. Bu uchrashuvlar Yig‘ilish Zallarida o‘tkaziladi. Agar bu uchrashuvlarga borib tursangiz, Xudo haqida ko‘p bilimga ega bo‘lasiz.

Xudoning ijodlarini kuzatib, U haqida ko‘proq bilib olishingiz mumkin. Misol uchun Muqaddas Kitobda: «Azalda Xudo osmon bilan yerni yaratdi»,— deyilgan (Ibtido 1:1). Yahova Taolo «osmonni» yaratayotganida, quyoshni bunyod etdi. Bundan Parvardigor to‘g‘risida nimani bilishimiz mumkin? Yahova buyuk qudrat egasi ekanligini. Faqat U, bunday haybatli quyoshni yaratishi mumkin. Shuningdek bu, Yahova o‘ta dono ekanini aytib turibdi, chunki yorug‘lik va issiqlik taratib, o‘zi esa yonib tugamaydigan quyoshni yaratish, donolikni talab etadi.

Yahovaning ijodlari, U bizni sevishining isbotidir. Xilma-xil mevalar haqida bir o‘ylab ko‘ring. Yahova bizga bir xil meva berishi yoki umuman bermasligi ham mumkin edi. Biroq Yahova Xudo esa bizga shakli, ta’mi va rangi turli-tuman bo‘lgan mevalarni ato etdi. Bu, Yahova nafaqat sevuvchi, balki saxiy, g‘amxo‘r va mehribon Xudo ekanini ko‘rsatib turibdi (Zabur 103:24).