Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

11-DARS

Soxta dinni rad eting!

Soxta dinni rad eting!

Shayton va uning jinlari siz Xudoga xizmat qilishingizni xohlashmaydi. Ular, Xudoga hech kim xizmat qilmasligiga urinishyapti. Xo‘sh, qanday qilib? Usullaridan biri — soxta dinni qo‘llashdir (2 Korinfliklarga 11:13-15). Soxta din, Muqaddas Kitobdagi haqiqatni o‘rgatmaydi. Soxta din qalbaki pul kabi haqiqiy pulga o‘xshaydiyu, lekin hech qanday qadri yo‘q va ko‘p muammolar keltirishi mumkin.

Soxta ta’limotlar, Haq Taolo Yahovaga hech qachon ma’qul kelmaydi. Iso payg‘ambar yer yuzida bo‘lganida, bir dinning a’zolari uni o‘ldirmoqchi bo‘lgan. Ular Xudoga to‘g‘ri topinyapmiz, deb o‘ylashgan. Bu odamlar: «Bizning bitta Otamiz bor, U Xudodir»,— deyishardi. Lekin Iso ularning gapiga qo‘shildimi? Aslo! Iso ularga: «Sizlarning otangiz — iblisdir»,— deb aytdi (Yuhanno 8:41, 44). Bugun ham ko‘p insonlar Xudoga topinyapmiz, deb o‘ylashyapti, ammo aslida Shaytonga va uning jinlariga xizmat qilishyapti (1 Korinfliklarga 10:20).

Yomon daraxt yomon mevalar keltirgani kabi, soxta dindagi odamlar ham yomon ishlar qilishadi. Odamlar yovuzlik qilganliklari uchun, dunyo qayg‘u-alamga to‘lib toshgan. Bunga axloqsizlik, urush-janjal, o‘g‘irlik, jabr-zulm, qotillik va nomusga tegishni kiritish mumkin. Bunday ishlarni qilayotgan insonlardan ko‘pchiligi qaysidir dinga tegishli, lekin ularning dini yaxshilik qilishga o‘rgatmaydi. Agar ular yovuzlik qilishni to‘xtatishmasa, Xudoning do‘stlari bo‘la olishmaydi (Matto 7:17, 18).

Soxta din odamlarni butlarga sig‘inishga o‘rgatadi. Alloh butlarga sajda qilishni man etadi. Bu oqilona talab. Masalan biror kishi siz bilan gaplashishni o‘rniga suratingiz bilan gaplashishini xohlarmidingiz? Bunday kishi haqiqiy do‘stingiz bo‘la oladimi? Yo‘q bo‘la olmaydi. Yahova Egamiz odamlar but yoki tasvir bilan emas, balki U bilan gaplashishlarini istaydi (Chiqish 20:4, 5; Zabur 113:12-16).

Soxta din, urushda odamlarni o‘ldirish mumkin deb o‘rgatadi. Iso alayhissalom Allohning do‘stlari bir-birlarini sevishadi, deb aytgan. Biz sevgan insonalarimizni o‘ldirmaymiz (Yuhanno 13:35). Biz hatto yovuz odamlarni o‘ldirmaymiz. Isoning dushmanlari uni hibsga olishga kelishganida, u o‘z shogirdlariga uni himoya qilishlariga yo‘l qo‘ymagan edi (Matto 26:51, 52).

Soxta din yovuz odamlar otashin do‘zaxda azob chekishadi, deb o‘rgatadi. Muqaddas Kitobda esa gunohning evazi o‘lim deb aytilgan (Rimliklarga 6:23). Egamiz Yahova rahmonu mehribondir. Nahot mehribon Alloh odamlarni abadiy qiynasa? Aslo! Jannatda Yahova ma’qul deb bilgan faqat bitta din bo‘ladi (Vahiy 15:4). Yolg‘onga asoslangan barcha soxta dinlar esa yo‘q qilinadi.