Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

1-DARS

Xudo sizni uning do‘sti bo‘lishingizga taklif qilyapti

Xudo sizni uning do‘sti bo‘lishingizga taklif qilyapti

Xudo, siz Uning do‘sti bo‘lishingizni xohlaydi. Olamdagi eng ulug‘ Shaxsning do‘sti bo‘lish mumkinligi haqda hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Qadimda yashagan Ibrohim payg‘ambar — Xalilulloh, ya’ni Xudoning chin do‘sti edi (Yoqub 2:23). Muqaddas Kitobda Alloh bilan do‘st bo‘lib, qut-barakalarga ega bo‘lgan boshqa odamlar haqida ham aytiladi. Bugun ham ko‘p insonlar Tangri Taoloning do‘sti bo‘lishmoqda. Siz ham Xudoning do‘sti bo‘lishingiz mumkin.

Odamning do‘sti bo‘lishdan ko‘ra, Xudoning do‘sti bo‘lish afzalroqdir. Xudo sodiq do‘stlariga doimo sadoqat ko‘rsatadi (Zabur 17:26). Boy bo‘lgandan ko‘ra, Allohning do‘sti bo‘lish yaxshiroqdir. Axir boy kishi olamdan o‘tsa, uning mol-dunyosi boshqalarga qoladi. Xudo bilan do‘st bo‘lganlar esa, hech kim tortib olmaydigan xazinaga egadirlar (Matto 6:19).

Ba’zi insonlar Xudo haqida bilim olishingizga xalaqit berishlari mumkin. Ular orasida hatto do‘stlaringiz yoki uydagilaringiz bo‘lishi mumkin (Matto 10:36, 37). Agar biror kishi ustingizdan kulsa yoki do‘q-po‘pisa qilsa, o‘zingizdan: «Men kimga ma’qul bo‘lishni istayman, odamlargami yo Xudogami?» — deb so‘rang. Yoki masalan, agar sizga kimdir yeyishni man etganida, unga quloq solarmidingiz? Albatta yo‘q! Siz yashash uchun yeyishingiz kerak. Xudo esa sizga abadiy hayot ato etishi mumkin! Shuning uchun, Allohning do‘sti bo‘lishingizga xalaqit berishlariga yo‘l qo‘ymang (Yuhanno 17:3).