Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

8-DARS

Xudoning dushmanlari kimlar?

Xudoning dushmanlari kimlar?

Allohning asosiy dushmani — Shaytondir. U Xudoga qarshi chiqqan farishta. Shayton haligacha Parvardigorga dushmanlik qilib, odamlarni ko‘p qiyinchiliklarga duchor qilib kelmoqda. Shayton yovuz. U yolg‘onchi va qotil (Yuhanno 8:44).

Ko‘p boshqa farishtalar ham Shaytonga qo‘shilib, Xudoga qarshi chiqishdi. Muqaddas Kitob ularni jinlar, deb ataydi. Shayton singari, ular ham odamlarning dushmanidir. Ular odamlarga azob berishni yoqtirishadi (Matto 9:32, 33; 12:22). Egamiz Yahova Shaytonni jinlariga qo‘shib yo‘q qiladi. Odamzod ularning jabr-jafosidan qutulishiga oz vaqt qoldi (Vahiy 12:12).

Agar Allohning do‘sti bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, Shaytonga yoqadigan ishlarni qilmasligingiz lozim. Shayton va uning jinlari Yahova Taolodan nafratlanishadi. Ular Xudoning dushmanlari bo‘lib, sizni ham Unga dushman qilishni xohlashadi. Siz esa kimga ma’qul kelishni tanlashingiz kerak: Yahovagami yoki Shaytongami. Agar mangu yashashni istasangiz, Allohning irodasini bajarishingiz lozim. Shayton odamlarni aldash uchun, ko‘p hiyla-nayranglarini ishga soladi. Shu tariqa u ko‘p insonlarni yo‘ldan ozdirgan (Vahiy 12:9).