15-DARS
Xudoning do‘stlari yaxshilik qilishadi
Agar do‘stingiz yaxshi fazilatlarga ega bo‘lsa, unga taqlid qilishga harakat qilasiz. Zabur 24:8da: «Xudovand muruvvatli va adolatlidir»,— deyilgan. Allohning do‘sti bo‘lish uchun, xuddi shunday yaxshi fazilatlarga ega bo‘lishimiz kerak. Injilda: «Sevikli bolalar kabi Xudoga ergashinglar. [...] Muhabbat bilan yashanglar»,— deyilgan (Efesliklarga 5:1, 2). Bunday qilishning bir necha usullari quyida keltirilgan:
Yordam berishga tayyor bo‘ling. «Hammaga... yaxshilik qilaveraylik» (Galatiyaliklarga 6:10).
Sidqidildan mehnat qiling. «O‘g‘rilik qilgan kishi boshqa o‘g‘rilik qilmasin. Balki yaxshi ishlab, o‘z qo‘llari bilan mehnat qilsin» (Efesliklarga 4:28).
Jismonan hamda axloqan pok bo‘ling. «Badan va ruhimizni bulg‘ovchi har qanday murdorlikdan o‘zimizni tozalab, Xudodan qo‘rqib yashab, butunlay muqaddas bo‘laylik» (2 Korinfliklarga 7:1).
Boshqalarga mehr-muhabbat ko‘rsating. «Bir-birimizni sevaylik. Chunki sevgi Xudodandir» (1 Yuhanno 4:7).
Mamlakatingizning qonunlariga bo‘ysuning. «Har bir odam hukmron hokimiyatga bo‘ysunsin. [...] Har bir kishiga o‘z haqini beringlar: soliq yig‘uvchiga — soliq» (Rimliklarga 13:1, 7).